Anons

ICHKARI muzeyida “Uyimning soyalari” audiospektakli

E’lon qilingan sana: · 141
ICHKARI muzeyida “Uyimning soyalari” audiospektakli

ICHKARI muzeyida “Uyimning soyalari” audiospektakli namoyish etilmoqda.

Audiospektakl muzey ekspozitsiyasiga hamrohlik qiladi: tashrif buyuruvchilar qadimiy oilaviy uyga kirib, unga bosh qahramon nigohi bilan qarashadi. Uyning tarixi, eski Toshkent haqidagi hikoyalar va madaniyatga oid mulohazalar ayolning xotiralari orqali ochib beriladi. Tomoshabinlar u bilan birga ICHKARI ichkarisiga sayohat qilishadi.

Audiospektakl o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud. Davomiyligi — 2 soat.

Chipta narxi: 60 000 so‘m.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling