Toshkentda Heroʻs Journey fitnes studiyasi ochiladi

Qozog‘istonning Hero‘s Journey fitnes studiyalari tarmog‘i Toshkentga tayyor dasturlar, har bir mashg‘ulotda murabbiy hamrohligi va besh xil mashg‘ulot turini taklif etuvchi formatni olib kelmoqda.
Fitnes klubga abonement sotib olish ko‘pincha undan muntazam foydalanishdan osonroq bo‘ladi. Avvaliga haftasiga bir necha marta shug‘ullanish istagi paydo bo‘ladi, ammo keyinchalik tanish qiyinchiliklar yuzaga keladi: vaqt yetishmaydi, mashqlarni mustaqil tanlashga to‘g‘ri keladi, natijalar esa har doim ham sezilmaydi.
Toshkentda Heroʻs Journey fitnes studiyasi ochilishga tayyorlanmoqda. Bu yerda mashg‘ulotlarni tashkil etish bilan studiya jamoasi shug‘ullanadi. Tashrif buyuruvchilarga dasturni mustaqil tuzish yoki murabbiy hamrohligi uchun alohida haq to‘lash shart bo‘lmaydi.
Ushbu format Qozog‘istondan kirib kelmoqda. Hozirda Olmaota va Ostona shaharlarida oltita Heroʻs Journey studiyasi faoliyat yuritmoqda. Tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, formatni 10 000 nafardan ortiq ishtirokchi sinab ko‘rgan. Ular fitnes bozoridagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan taxminan uch baravar tez-tez mashg‘ulotlarga qatnashishadi.
Toshkent brendning xalqaro rivojlanishidagi dastlabki yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Kompaniya bir vaqtning o‘zida Dubay va Nyu-Yorkda ham loyihalar tayyorlamoqda.

Mashg‘ulotlar qanday o‘tadi?
Heroʻs Journey’da har bir mashg‘ulot 50 daqiqa davom etadi. Shu vaqt ichida tashrif buyuruvchi tayyor dastur asosida shug‘ullanadi, murabbiy esa mashqlarni to‘g‘ri bajarish va yuklamani nazorat qilishga yordam beradi.
Mashqlarni mustaqil izlash o‘rniga inson o‘z maqsadi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos tuzilgan izchil dasturga ega bo‘ladi.
Bunda mashg‘ulotlar faqat bitta turdagi yuklama bilan cheklanmaydi. Studiyada turli maqsadlarga mos yo‘nalishni tanlash imkonini beradigan bir nechta format mavjud.

Kuch mashqlaridan reformer uskunalaridagi pilatesgacha
Kuchliroq bo‘lish va mushak massasini oshirishni istaganlar uchun Strong dasturi mo‘ljallangan. U trenajyorlardagi mashg‘ulotlar va yuklamani bosqichma-bosqich oshirishga asoslangan.
Burn dasturida kuch va intervalli mashqlar birlashtirilgan. U tana tarkibini yaxshilash, yog‘ massasini kamaytirish va mushaklarni saqlash ustida ishlamoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
Faolroq mashg‘ulotlarni yoqtiradiganlarga Bootcamp va Metcon mos kelishi mumkin. Ushbu intervalli mashg‘ulotlar chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Yana bir yo‘nalish — Reform, ya’ni pilates tamoyillariga asoslangan reformer uskunalaridagi mashg‘ulotlar. Bu yerda chuqur joylashgan mushaklarni mustahkamlash, harakatlarni nazorat qilish, harakatchanlik va qomat ustida ishlashga e’tibor qaratiladi. Ushbu format ko‘p vaqtini o‘tirib o‘tkazadigan yoki nisbatan yengilroq mashg‘ulotlarni afzal ko‘radigan insonlarni qiziqtirishi mumkin.
Shunday qilib, bitta studiyaning o‘zida maqsad, tayyorgarlik darajasi va shaxsiy istaklarga qarab mashg‘ulot yo‘nalishini tanlash mumkin.

Mashg‘ulotlar natija berayotganini qanday bilish mumkin?
Heroʻs Journey’da mashg‘ulot ko‘rsatkichlarini kuzatish tizimi mavjud. Texnologiyalar yuklamani qayd etish va natijalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarayotganini kuzatishga yordam beradi.
Bu, ayniqsa, ilgari mustaqil shug‘ullangan, ammo kuchi oshayotganini yoki yuklamani qachon ko‘paytirish kerakligini har doim ham tushunmagan insonlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Murabbiy har bir mashg‘ulotda tashrif buyuruvchilarga hamrohlik qiladi. Dastur bosqichlari bo‘yicha oldinga siljish esa mashqlarni asta-sekin murakkablashtirish imkonini beradi.
Mashg‘ulotlar yangi kelganlar uchun ham mos keladi. Fitnes bilan ilk bor tanishayotgan inson uskunalarni mustaqil o‘rganishi shart emas: murabbiy mashqlarni to‘g‘ri bajarishni o‘rgatadi va mos yuklamani tanlashga yordam beradi.
Heroʻs Journey qayerda ochiladi?
O‘zbekistondagi birinchi studiya Toshkentning Mirobod tumanidagi Sapphire biznes markazining ikkinchi qavatida joylashadi.
Hozirda studiya ochilishga tayyorlanmoqda. Texnik ishga tushirish 2027-yil fevral oyiga, rasmiy ochilish esa bahor boshiga rejalashtirilgan.
Klub abonementlarining oldindan sotuvi 2026-yil 25-noyabrda boshlanadi. Dastlabki xaridorlar uchun abonementlarni maxsus shartlar asosida rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
Heroʻs Journey poytaxt aholisiga fitnes bilan shug‘ullanishning yangi formatini taklif etadi: turli maqsadlarga mo‘ljallangan tayyor dasturlar, har bir mashg‘ulotda murabbiy hamrohligi va natijalarni kuzatish imkoniyati.
Manzil: Avliyo Ota ko‘chasi, 128. Sapphire biznes markazi, 2-qavat.
Abonementlarning oldindan sotuvi: 2026-yil 25-noyabr.
Rejalashtirilgan ochilish: 2027-yil bahor faslining boshi.
Sayt: heros-journey.uz
Instagram: @herosjourneyuz
Reklama huquqi asosida.