Poytaxtda 137 va 197-sonli avtobus yo‘nalishlari uzaytiriladi

E’lon qilingan sana: · 79
Poytaxtda 137 va 197-sonli avtobus yo‘nalishlari uzaytiriladi

Toshkentda 2026-yil 23-noyabrdan 137- va 197-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatlanish masofasi uzaytiriladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Har ikkala yo‘nalishdagi avtobuslar “Yangi Toshkent” oxirgi bekatidan Energetika vazirligi ko‘chasi orqali “N. Ganjaviy pedagogika universiteti” bekatigacha harakatlanadi.

O‘zgarish Yangi Toshkent hududidagi universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va aholining jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling