Toshkentdan Kensoy qo‘rg‘onigacha yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi
E’lon qilingan sana: · 5

23-noyabrdan Toshkentda 158-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ish boshladi. U Toshkent viloyatidagi Kensoy qo‘rg‘onini poytaxtning Yunusobod tumanidagi “Universam” bekati bilan bog‘laydi.

Avtobuslar Kensoydan yo‘lga chiqib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitet, Rahbar-ota masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uch Qahramon massivi va 271-maktab yaqinidagi hudud orqali harakatlanadi. Yo‘nalishning oxirgi bekati “Universam” yonida joylashgan.
Yo‘nalishda o‘rta sig‘imli 10 ta avtobus xizmat ko‘rsatmoqda.