O‘zbekiston terma jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan FEI Jahon kubogi Yevrosiyo ligasi finalida oltita medalni qo‘lga kiritdi

Ostonadagi finalda o‘zbekistonlik chavandozlar ikki bor oltin, uch bor kumush va bir bor bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqada besh davlat vakillari sovrinli o‘rinlar uchun bellashdi.
18−22 noyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida konkur bo‘yicha FEI Jahon kubogi Yevrosiyo ligasining final bosqichi — FEI Jumping World Cup Eurasian League Final CSI-W LF Astana 2026 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli xalqaro musobaqada beshta davlat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya va Rossiya sportchilari ishtirok etdi.

Konkur yo‘nalishlaridagi to‘siqlar balandligi 125 sm dan 155 sm gacha bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi munosib natijalarni namoyish etib, jami oltita medal — ikkita oltin, uchta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Reklama huquqlari asosida.