Poytaxtda havo harorati +14 darajagacha pasayishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana: · 47
Poytaxtda havo harorati +14 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Toshkentda 28 va 29-noyabr — dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi.

Shanba kuni kunduzi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lishi, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish masofasi qisqarishi va harorat +14 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo ancha bulutli bo‘ladi, ko‘rinish masofasi qisqaradi, harorat esa +6 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni kunduzi havo bulutli bo‘lishi, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish masofasi qisqarishi va harorat +13 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi havo bulutli bo‘ladi, ko‘rinish masofasi qisqaradi, harorat +6 darajagacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling