Luvrda Behzod Abduraimovning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 386
Luvrda Behzod Abduraimovning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi

22-fevral kuni Behzod Abduraimovning Luvrdagi yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida» nomli ilk keng miqyosli madaniy va tarixiy meros ko‘rgazmasining madaniy dasturi doirasida boʻlib oʻtdi.

Behzod Abduraimov — yuksak mahoratli o‘zbek pianino sozandasi yevropalik jamoatchiligi uchun Robert Shumanning «Kreisleriana Op.16», rus bastakori Modest Musorgskiyning «Ko‘rgazmadagi surat», bastakor Dilorom Saydaminovaning «Ko‘hna Buxoro devorlari» kabi mashhur musiqiy asarlarini ijro etib berdi.

Luvrdagi «O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida» koʻrgazmasi 2023-yilning 6-martiga qadar davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling