Blackpink YouTube tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan musiqachilarga aylanishdi

E’lon qilingan sana· 254
Blackpink YouTube tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan musiqachilarga aylanishdi

Koreyaning Blackpink guruhi YouTube tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan musiqachilarga aylanishdi. 2016-yildan beri K-pop guruhining videolari platformada 30,1 mlrd dan ortiq tomosha qilingan. Xonandalar so’nggi o’n uch yil davomida yuqori o’rinda turgan Jastin Biberni keyingi o’ringa tushirishdi.

Jenni, Rose, Lisa va Jisooni o’z ichiga olgan musiqiy guruhning kanali musiqachilar orasida obunachilar soni bo’yicha ham yetakchi bo’lib, 86,4 mln ni tashkil qilmoqda.

Keyingi o‘rinni 74,2 mln obunachi bilan BTS egallagan bo‘lsa, Jastin Biber esa 71,2 mln bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ