«Oʻzbekistonlik» filmining 3-epizodi premyera qilindi

26-aprel kuni “Oʻzbekistonlik” filmining 3-epizodi premyera qilindi. Ushbu epizod ham avvalgi qismlaridek maqsadlarga shahdam qadam tashlagan va oʻz ustida ishlashda davom etayotgan vatandoshlar haqida.
“Qahramonlarning hikoyasi yuksak cho‘qqilarni zabt etishga, jahon miqyosida O‘zbekistonning ijobiy imijini ko‘tarishga intilayotgan har bir o‘zbekistonlik uchun eng kuchli motivatsiya taqdim etishi shubhasiz”, — deya ta’kidladi tashkilotchilar.
“Oʻzbekistonlik” filmining 3-epizodida Strasburg filarmonik orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Shohakimov hamda Shell kompaniyasi IT arxitektori Madina Berdiyeva oʻzlarining muvaffaqiyat sari bosib oʻtgan yoʻllari va Vatandan uzoqda boʻla turib oʻzlari yengib oʻtgan qiyinchiliklari haqida hikoya qiladi.