AliExpress`da xaridlarni amalga oshirish va arzimas buyumga aldanmaslik yo‘li: chek-list

E’lon qilingan sana· 1 803
AliExpress`da xaridlarni amalga oshirish va arzimas buyumga aldanmaslik yo‘li: chek-list

Hozir AliExpress`da mahsulotlarni sotib tugatish payti ketmoqda. 12-iyundan 18-iyunga qadar marketpleysdagi ko‘plab do‘konlar 80% gacha chegirmalar taklif etadilar. Izlayotgan tovarni sotib olishda adashmaslikka yordam beruvchi maslahatlarni bir maqolaga jamladik.

Qanday qilib to’g’ri tovarni tanlash mumkin?

Asosiy masala — savdo maydonining imkoniyatlaridan boshlasak. AliExpress`da ko‘plab filtr va toifalar, shuningdek reytinglar hamda fikr almashuvlar tizimi mavjud. Tovarni tanlashda buyurtmalar soniga qarash yoki “buyurtmalar bo‘yicha” filtrdan foydalanish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, tovar kartochkasida sotuvchi to‘g‘risidagi axborot bilan tanishib chiqqan ma’qul. Undagi ijobiy fikr va tavsiyalar foizi qancha, qancha buyurtma berilgan va uning AliExpress`dagi do‘konida qancha obunachisi borligini aniqlang. Reytingi 92% dan kam bo‘lmagan do‘konlarga e’tibor qaratsa bo’ladi — bu ko‘rsatkich xaridning ijobiy tajribasini kafolatlashi lozim.

Shuningdek, tovar xarakteristikasini — masalan, o‘lchamlar jadvali yoki material haqidagi axborotni ham o‘rganib chiqish kerak. Barcha ma’lumotni aniqlab, do‘konga xabar yozish mumkin. Manfaatdor sotuvchi doimo tovar tanlashda yordam beradi va tafsilotlari bilan ulashadi.

Agar tovar sizga yoqsa-yu, lekin hali sotib olishga qaror qilmagan bo‘lsangiz, uni “Tanlanganlar” ro‘yxatiga qo‘shishingiz mumkin. Shu tariqa, AliExpress`ning aqlli tizimi sizga qanday tovarlarni ko‘proq tavsiya etishni ham bilib oladi. Shuningdek, ma’qul kelgan do‘konga, xuddi Instagramdagi kabi, obuna bo‘lish mumkin — shunda sevimli sotuvchingizdagi yangiliklarni kuzatib bora olasiz.

Kartochkadagi sharhlardan tashqari, foydalanuvchilar savollari ham mavjud, u yerda avvalroq boshqalar bergan savollarga foydali javoblar bo‘lishi mumkin.

Maksimum foyda olish yo‘li

Kuponlar yana ham ko‘proq tejash imkonini beradi.

Muayyan tovarlarga promokod yoki kupon orqali chegirmalarni do‘konlar, yoki alohida tovarlar sahifalaridan topish mumkin.

Ular, ayniqsa, yirik “sotib tugatishlar” arafasida ko‘p chiqadi. Do‘konning o‘zidan tashqari, barcha faol kuponlaringizni profilingizdagi “Kuponlar” bo‘limida topishingiz mumkin.

Sotib tugatishlar qachon o‘tkaziladi?

11.11 — noyabrda o‘tadigan AliExpress`dagi yilning asosiy sotib tugatish jarayoni haqida hamma biladi. Undan tashqari, marketpleysda yana bir nechta shu kabi sadvolar o‘tkaziladi -mart oyi oxiridagi “Buyuk Xitoy”, iyun o‘rtalaridagi “Alvon” va yoz oxiridagi “tez sotib tugatish” payti bo’lib o’tadi. Barcha “tez sotib tugatishlar” mana bu taqvim da qulay tarzda joylashtirilgan. Shuningdek, uch oyda bir marta kichikroq va har oyda — kichik “tez sotib tugatishlar” o‘tkaziladi. AliExpress`da brendlar kunlarini kuzatib boring — bu kunlarda mashhur yirik brendlardan tovarlarni sotib olish ayniqsa foydali bo‘ladi.

Tez sotib tugatish to‘g‘risidagi axborotni, odatda, ilovaning asosiy sahifasida topish mumkin.

Qaysi bo‘limlar tovarlarni tanlashda yordam beradi?

Eng asosiy bo‘lim — bu tovar kartochkasi ichidagi mulohazalar va fikr bildirishlar. AliExpress foydalanuvchilar tomonidan qoldiriladigan fotosuratli, juda batafsil mulohazalar bilan mashhur. Bu o’z o’rnida tanlovni osonlashtiradi.

Ilovaning asosiy ekranidagi “stories” bo‘limi. U yerda sotib tugatishlar vaqtidagi chegirmalarga ega bosh sahifalar, shuningdek mavzular va real insonlardan tavsiyalar saralanmasi e’lon qilinadi.

Yana bir foydali bo‘lim — “Xitoy yorlig‘i” deb ataladigan AliExpress bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkich. U marketpleys koinoti bo‘yicha navigator sanaladi. Bu yerdan turli vaziyatlar uchun tovarlar, yangi trendlar, foydali takliflar, ilovadan foydalanish bo‘yicha layfxak va doimiy xaridorlardan maslahatlar joy olgan.

Foto bo‘yicha izlash. Siz o‘zingizga yoqadigan tovar rasmini yuklashingiz yoki uni suratga olib, keyin unga o‘xshashini AliExpress`dan izlab ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Buyurtma bilan nimadir bo‘lsa, uni qaytarish qanday rasmiylashtiriladi?

  • AliExpress ilovasi yoki saytida buyurtma bo‘yicha “Bahs” sahifasi ochiladi;
  • tovar qaytarilishi to‘g‘risidagi qaror kutiladi;
  • “Bahs” sahifasida ko‘rsatilgan manzilga jo‘natish uchun tovar pochtaga olib kelinadi;
  • jo‘natma trek-raqami olinadi va “Bahs” sahifasida ko‘rsatiladi;
  • tovar olinganligining tasdig‘i va pul qaytarilishi kutiladi.

E’tibor bering: qaytarish mijoz hisobidan amalga oshiriladi.

AliExpress jo‘natmalari yetkazib berilishi muddatlarini qanday billib olish mumkin?

Yetkazib berish muddatlari to‘risidagi axborot tovar kartochkasida bo‘ladi. 2023-yil bahoridan boshlab AliExpress yetkazib berishni tezlashtirgan. Hozirning o‘zida ko‘plab tovarlar oldingidan tezroq, ikki haftada yetib kelishi mumkin.

Yana nimani bilmagan bo‘lishingiz mumkin?

2023-yil bahoridan AliExpress ilovasi o‘zbek tiliga o‘girildi. O‘zbek tiliga tarjima kirill va lotin yozuvi variantlarida mavjud bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish hamda ilovaga kirish sahifasidan boshlab, buyurtmani rasmiylashtirish va haqini to‘lash sahifasigacha qamrab oladi. Ilova tilini o‘zgartirish uchun profil qo‘yilmasiga o‘tib, sozlamalardan kerakli variantni tanlash kerak bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ