Telegram`dagi ko'pchilik bilmaydigan 10+ ta qulaylik

E’lon qilingan sana· 4 170
Telegram`dagi ko'pchilik bilmaydigan 10+ ta qulaylik

O‘zbekistondagi eng mashhur va ko’pchilik uchun sevimli hisoblangan Telegram messenjeri o‘zining 10 yillik faoliyati davomida juda ko‘p turli xil qiziqarli vositalar, funksiyalar va qulayliklarga ega bo‘ldi. Yaqinda bo’lib o’tgan 10 yillik sharafiga undagi ko’pchilik bilmaydigan eng qiziqarli xususiyatlarni bir joyga to’pladik.

1. Matnni formatlash

Telegramning juda qulay va unchalik ko’zga tashlanmaydigan funksiyasi — bu matnni formatlashdir. Misol uchun, undan foydalangan holda telefon yoki karta raqamini shunday ko’rinishdagi xabar sifatida yuborish mumkinki, uni qabul qiluvchi raqamlarning ustiga bir marta bosgan holda ularni darrov nusxalab olishi mumkin bo’ladi.

Matnni formatlash uchun siz uni belgilab, kontekst menyusida (Android`da uchta nuqta, iPhone`da esa “Format”) kerakli variantni tanlash mumkin — kursivdan monogacha. Aynan mono ko’rinishdagi matnni bitta bosish orqali nusxalash mumkin. Xuddi shu menyuda siz matnga istalgan havolani kiritishingiz yoki matnni spoyler ostiga yashirishingiz mumkin.

2. Ommaviy avatar

Ha, o’zingizning asosiy avatarlaringizni begonalardan yashirishingiz mumkin. Masalan, siz faqat o’zingizning kontaktlaringiz uchun profil rasmini ochib qo’yishni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, siz faqat ommaviy avatarni yoki barcha fotosuratlarni ko’ra oladiganlar sifatida istisnolarni kiritishingiz mumkin.

Ushbu sozlama “Maxfiylik” — “Profil rasmlari” bo’limida joylashgan.

3. Energiyani tejash

Smartfonning o’zidagi quvvatni tejash rejimidan tashqari Telegram foydalanuvchilarga akkumulyator quvvatini tejashning o‘z usullarini taklif qiladi. Misol uchun, siz kerakli daqiqalarda quvvatni tejash uchun messenjerda animatsiyalarni ochishni o’chirib turishingiz mumkin, shuningdek, quvvatni tejash rejimi akkumulyatorning necha foizini tejashini yoki ishlatishini tanlash mumkin.

4. Tovushsiz xabar yuborish

Suhbatdoshlarining qulayligi haqida qayg’uradiganlar uchun foydali funksiya — bu tovushsiz rejimda xabar yuborishdir. Agar siz suhbatdoshni bezovta qilishni xohlamasangiz, bu foydali bo’lishi mumkin. Masalan, Telegramning narigi tomonidagi odam yig‘ilishda ekanligini, bolani uxlatadigan payti yoki soatdagi vaqt allaqachon 21:00 dan oshib ketganini bilsangiz, ushbu funksiyadan foydalanishingiz mumkin.

Tovushsiz xabar yuborish uchun klaviatura ustidagi samolyotcha belgisini bir necha soniya bosib turishingiz va “Tovushsiz yuborish” bandini tanlashingiz kerak.

5. Rejalashtirilgan xabar yuborish

Yuqoridagi kabi holatlarda rejalashtirilgan xabar yuborish ham foydali bo’lishi mumkin. Ya’ni, suhbatdoshingiz sizning xabaringizni qachon qabul qilishini o’zingiz tanlashingiz mumkin. Bu funksiya, ayniqsa, ish vaqtidan keyin hamkasbingizga biror narsa yuborsangiz yoki vaqt allaqachon tunga o’tgan bo’lsa yordam beradi. Shuningdek, ushbu funksiya biror kishini tug’ilgan kuni bilan tabriklashni eslab qolishga yordam beradi — uning sanasini bilishingiz bilanoq, siz darhol unga tabrik xabarini rejalashtirib qo’y olasiz.

Rejalashtirilgan xabarni yuborish uchun klaviatura ustidagi samolyot belgisini bir necha soniya bosib turishingiz kerak, “xabarni rejalashtirish” tugmasini bosing va sana, vaqtni tanlang.

Shunisi e’tiborga loyiqki, agar siz Telegramdagi suhbatdoshning qachon platformaga kirgani haqida “yaqinda” degan yozuvni emas, balki oxirgi tashrif vaqtini ko’ra olsangiz, xuddi shu menyudan boshqa yo’l bilan xabar yuborishingiz ham mumkin. U “Onlayn bo’lganda” deb nomlanadi. Bu funksiya suhbatdoshingiz ertalab messenjerga kirganida xabar yuboradi, uning yordamida suhbatdoshingiz xabaringizni birinchi bo’lib o’qishi mumkin, chunki siz suhbatlar ro’yxatining eng yuqori qismiga chiqasiz, va natijada, hammadan oldin unga yaxshi kun tilashingiz mumkin bo’ladi.

6. O’chib ketadigan fotosurat va video yuborish

Shaxsiy fotosuratlar va videolarni yuborishingiz kerak, lekin ular suhbatda saqlanib qolishini xohlamaysizmi? “Skrepka” menyusiga kirib kerak mediafaylni tanlaganingizdan so’ng, taymer belgisini bosing va uni dialogda ma’lum vaqtdan keyin o’chib ketadigan qiling.

Bu muhim: o’chirilish vaqtigacha bo’lgan muddat jo’natilgan paytdan boshlab emas, balki suhbatdosh uni ochgan paytdan keyingina boshlanadi.

7. Fayllarni bepul saqlash

Telegram — fotosuratlar va videolarni, shuningdek, boshqa fayllarni saqlash uchun ajoyib bepul resurs. Masalan, siz oilaviy guruh yoki xotiralar uchun kanal yaratishingiz, u yerga bolangizning barcha fotosuratlarini yuklab borishingiz mumkin. Xuddi shu narsani ish fayllari bilan ham qilish mumkin. Shu bilan, kerakli fayllarni o’chirmasdan turib, smartfon va kompyuteringizda kerakli hajmdagi xotirani bo’shatishingiz mumkin. Buning uchun ko’pincha “Tanlangan xabarlar” bo’limidan foydalaniladi, lekin uni faqat matn uchun qoldirib, qolgan fayllarni yaratilgan guruhlar yoki kanallarga joylash mumkin.

Yagona salbiy tomoni shundaki, Premium obunasisiz siz faqat 2 GB gacha bo’lgan fayllarni yuborishingiz mumkin. Obuna bo’lgach o’lcham ikki baravar ko’payadi.

8. Xotirani tozalash

Telegram sozlamalarida kanallar, guruhlar va chatlardan cheksiz yuklab olingan barcha kesh va medialarni o’chirish imkoniyati mavjud. Vahima qilmang: barcha fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni kerak bo‘lganda qayta yuklab olishingiz mumkin — ular Telegram’dan hech qayoqqa yo’q bo’lmaydi; ular faqat qurilmangiz xotirasidangina o’chiriladi.

“Sozlamalar” — “Ma'lumotlar va xotira” — “Xotiradan foydalanish” yo’li bo’ylab qurilma xotirasida joy bo’shatish mumkin. U yerda siz kesh saqlanish muddatini, uning maksimal hajmini va mediani avtomatik o’chirish muddatini tanlashingiz mumkin.

9. Stikerlar yaratish

Smayliklar hozirgi paytda ko’pgina hissiyotlarni yetkazib bera olmaydi? Stikerlar juda ko’p va shunga qaramay, mos keladiganini topolmayapsizmi?

Stikerlar deb nomlangan Telegram botidan foydalaning va uning ko‘rsatmalariga rioya qiling, his-tuyg‘ularingizni mukammal aks ettiradigan o‘ziga xos stikerlar to‘plamini yarating. Siz istalgan rasmlar, fotosuratlar yoki selfilarni PNG fayl tarzida yuklashingiz va oson qidirish uchun har bir stiker uchun mos smaylikni tanlashingiz mumkin.

10. Xabarlarni tinglash

Yoningizda quloqchin yo’q, ammo yuborilgan audio yoki aylanali video xabarni zudlik bilan tinglashingiz va javob berishingiz kerak bo’lib qolsa, siz ovozni boshqalarga eshittirmasdan qo’yadigan oddiy funksiyadan foydalanishingiz mumkin. Shunchaki “Play” tugmasini bosing va telefonda gaplashayotgandek, telefonni qulog‘ingizga qo‘ying — ekran o‘chadi va audioni telefonda gaplashgandagidek balandlikda tinglashingiz mumkin.

Bonus: Xabarni maxfiy tarzda ko’rish

Eng ko’p so’raladigan funksiyalardan biri suhbatdoshning xabarlarini unga bildirmagan holda ko’rishdir. Ya’ni, siz butun dialogni o’qishingiz mumkin, ammo xabar o’qilganini bildiruvchi “ikkitalik galochka” ko’rinmaydi.

Maxfiy tarzda o’qish uchun suhbatlar ro’yxatidagi suhbatdoshning avatarini bir necha soniya bosib turishingiz kerak. Shundan so’ng, suhbatni oldindan ko’rish funksiyasi ochiladi, uning yuqori qismiga ham, pastiga ham o’tib o’qib ko’rishingiz mumkin.


Telegram`ning iOS va Android uchun versiyalarini yuklab oling.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ