iPhone 15’da suratga olingan ilk musiqiy klip e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 491
iPhone 15’da suratga olingan ilk musiqiy klip e’lon qilindi

Amerikalik qo‘shiqchi Oliviya Rodrigo o‘zining Get him back klipini e’lon qildi. U yaqinda taqdim etilgan, hali sotuvga chiqmagan iPhone 15 Pro’da suratga olingan va MacBook’da montaj qilingan.

Kompaniya suratga olish jarayonidan video e‘lon qildi, unda klip qanday suratga olingani ko‘rsatilgan: qo‘shimcha gimbal, sinayotgan oynani videoga olib o‘tayotgan smartfon va yaqinlashtirish (zoom) funskiyasi.

Apple o‘zining oxirgi taqdimotida iPhone 15 kamerasini “eng zo‘ri” deb atagandi. Yangi smartfon 3 ta kameraga ega: 48 megapikselli asosiy kamera, 12 megapikselli telefotokamera va 12 megapikselli ultrakeng kamera. Shuningdek, iPhone 15'dagi yangi USB-C fayllarni tezroq ko‘chirish va tezkor zaryadlash imkonini beradi.

Oliviya Rodrigoning iPhone 15 Pro’da olingan klipini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ