Mikelanjeloning sirli xonasi ilk bor omma uchun ochiladi

E’lon qilingan sana· 346
Mikelanjeloning sirli xonasi ilk bor omma uchun ochiladi

Italiyaning Florensiya shahrida rassom Mikelanjeloning sirli xonasi ilk bor keng omma uchun ochiladi. U ko‘p yillar davomida Medichi oilasining uy cherkovi bo‘lib xizmat qilgan San-Lorenso bazilikasida joylashgan.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, Mikelanjelo bir necha oyni aynan ushbu 10×3 metrli xonada o‘tkazgan. 1527-yilda u oligarxlar oilasiga qarshi qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlagan. Bir necha yil o‘tgach, Medichi qaytib keladi va rassom o‘limga hukm qilinadi. Mikelanjelo afv olguncha ushbu boshpanaga yashiringan.

Xona 1975-yilda topilgan. Muzeyning o‘sha paytdagi rahbariyati yangi chiqish yo‘lini qurishni rejalashtirgan. Shkaf ostida direktor xonasiga olib boruvchi lyuk topiladi. Uning devorlari ko‘mir va bo‘rdan yasalgan eskizlar bilan bezatilgan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Mikelanjelo boshpanasi 15-noyabrdan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Kirish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Tashrif buyuruvchilar to‘rt kishilik guruhda bo‘lishi kerak. Chipta narxi 32 yevroni tashkil qiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ