“O‘zbekistonlik. Students” filmining ikkinchi epizodi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 268
“O‘zbekistonlik. Students” filmining ikkinchi epizodi e’lon qilindi

11-noyabr kuni “Uzbekistan's Club"ning yana bir loyihasi — “O‘zbekistonlik. Students” filmining birinchi epizodi premyera qilindi. Hujjatli film dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar haqida.

Ikkinchi epizod qahramonlari — London Brunel universitetida tahsil olayotgan G’ayrat Yusupov va Buyuk Britaniyaning Riding universiteti yuridik huquq fakultetida tahsil olayotgan Yulduz G‘aniyeva. Ular o‘qishga kirish, o‘qish narxi, chet eldagi qiyinchiliklar, talaba qayerda va qancha pul topishi hamda shunga o‘xshash ko‘plab narsalar haqida so‘zlab beradi.