Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag'ishlangan video-spektakllar

E’lon qilingan sana· 1 569
Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag'ishlangan video-spektakllar

Bugun, 13-noyabr kuni XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan atoqli o’zbek shoiri Usmon Nosirning tavallud kuni.

Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻilgan. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida ta’lim oladi.

1937-yil 13-iyulda shoir “xalq dushmani” sifatida hibsga olinib, 58-modda bilan sudlanadi va avval Zlatoust qamoqxonasiga, soʻngra Vladivostok va Magadan lagerlariga joylashtiriladi. 1943-yilda Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga yuboriladi.

1940-yil 20-avgustda Usmon Nosir Magadan qamoqxonasidan Iosif Stalin nomiga ariza yuboradi va unda u uning “ishini” qayta koʻrib chiqishni soʻraydi. Bu ariza Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya tomonidan koʻrib chiqildi va ular tomonidan maʼqullanadi. Oʻzbekiston rahbari Nosirov Usmon “ishini” qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida buyruq oladi. 1944-yil oxiriga kelib komissiya tuzilib, Usmon Nosir begunoh deb topiladi va reabilitatsiya qilinadi. Ammo shoir reabilitatsiya qilingunga qadar yashamaydi. U 1944-yil 9-martda vafot etadi va 15-martda Kemerovo viloyatida yashovchi A. M. Sirota tomonidan Suslovo qishlogʻi qabristoniga dafn qilinadi.

Har yili Kemerovo viloyatining Kemerovo shahrida shoir xotirasiga bagʻishlangan adabiy oʻqishlar boʻlib oʻtadi. U yerda Usmon Nosirning uy-muzeyi mavjud boʻlib, unda shoirning sheʼrlari oʻqiladi. Xuddi shu yerda Usmon Nosirga haykal ham oʻrnatilgan.

2003-yilda atoqli oʻzbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir tavalludining 90 yilligi, 2022-yilda esa 110 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi.

Hozirda shoirning hayoti va ijodini to’liq ochib beradigan badiiy, to’liq metrajli kinofilmlar afsuski yo’q. Faqatgina teatrlardagi sahnalashtirilgan asarlar bor. O’zbek milliy akademik drama teatri va Muqimiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatrida “Usmon Nosir” spektakllari muntazam namoyish etib kelinadi.

Spektakllarni jonli tarzda ko’rgan afzal, biroq bunday imkoniyatga ega bo’lmagan tomoshabinlar uchun ularni video formatda tomosha qilish mumkin.

O’zbek milliy drama teatri

Muqimiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatri

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Mehr” jamoasi spektakli

Namangan davlat universiteti “Nihol” talabalari spektakli

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ