Instagram "Yaqin do'stlar" filtrini kengaytirdi

E’lon qilingan sana· 386
Instagram "Yaqin do'stlar" filtrini kengaytirdi

Instagram dasturchilari faqat “Yaqin do’stlar” ro’yxatidagi foydalanuvchilar uchun ko’rinadigan postlar va Reels`lar sozlama imkoniyatini qo’shishdi. Ilgari ro‘yxat faqat Stories`lar uchun edi.

Sevimlilar ro’yxati barcha kontent turlari uchun bir xil bo’lib qoladi. Postlar va Reels ostidagi like`lar va sharhlar ham ro’yxatdagi barcha foydalanuvchilarga ko’rinadi.

Tanlangan miqdordagi obunachilar uchun post yoki Reels`lar joylashtirish uchun nashr qilishdan oldin “Auditoriya” menyusini ochib, undagi “Yaqin do‘stlar” ro‘yxatini tanlash kerak bo’ladi. Tasmada bunday kontent Storieslar`ga o’xshash yashil yulduzcha bilan belgilanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ