Konsta va "Sahar" YTHlarga bag‘ishlangan qo‘shiq va klipni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 141
Konsta va "Sahar" YTHlarga bag‘ishlangan qo‘shiq va klipni taqdim etdi

Reper Konsta va “Sahar” guruhi 17-noyabr kuni “Yashagim kelar” qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. U O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan YTHlar va unda jabrlanganlarga bag‘ishlangan.

Qo‘shiq mualliflari — “Sahar” guruhi va reper Konsta o‘ziga xos murojaat yo‘llab, insonlar hayoti va salomatligini saqlash hamda yangi fojialarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston aholisini yo‘llarda diqqat-e'tiborli bo‘lishga chorlaydi.

Yashagim kelar” qo‘shig‘i uchun klip YTHda jabrlangan insonlar taqdirida sodir bo‘lgan real voqealarga asoslangan holda suratga olingan. Unda videoregistrator kamerasi va tashqi kuzatuv kameralarida muhrlangan kadrlardan foydalanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston yo‘llarida shikastlangan va o‘z yaqinlarini yo‘qotgan insonlar ishtirok etgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ