Time jurnali Teylor Sviftni “Yil odami” deb e‘lon qildi

E’lon qilingan sana· 300
Time jurnali Teylor Sviftni “Yil odami” deb e‘lon qildi

Amerikaning Time jurnali xonanda Teylor Sviftni yil odami deb e‘lon qildi. Qo‘shiqchi ushbu reytingda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Zinpin va “Barbi"ni ortda qoldirdi.

“Ijodkor sifatida Sviftning madaniy va tijorat sohasidagi yutuqlari shunchalik ko‘pki, ularni sanab o‘tish deyarli o‘rinsiz bo‘lib ko‘rinadi”, deb Time jurnali uni Elvis Presli, Bob Dilan, Pol Makkartni va boshqa taniqli musiqachilar bilan taqqoslagan.

Maqolada ta’kidlanishicha, bir nechta Grammy mukofotlari g‘olibi “ajoyib yil o‘tkazdi”. U hozirda ayol ijrochi uchun eng daromadli turga aylangan 151 ta shoudan iborat “Eras tour” gastrollarida dunyo bo‘ylab konsertlar beryapti.

Jurnal yil odami unvoniga nomzodlar ro‘yxatida RF prezidenti Vladimir Putin, Gollivuddagi ssenaristlar va aktyorlar ish tashlashi ishtirokchilari, Xitoy rahbari Si Szinpin, OpenAI rahbari Sem Altman va Barbi nomini keltirgan edi.

Teylor Svift 2017-yilda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi chiqqan Silence Breakers guruhi bilan “Yil odami” nomiga loyiq ko‘rilgandi. U jurnal tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan va “Yil odami” muqovasida ikki marta chiqqan birinchi ayol sifatida tarixga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Time jurnali “yil odami” sifatida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanlagandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling