Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 155
Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi tomonidan 250 ga yaqin jadid haqida ma’lumotni o‘z ichiga olgan “Jadidlar.uz” platformasi ishga tushirildi. U ikki yil davomida tayyorlangan va hozirda test rejimida ishlamoqda.

Platforma O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga binoan Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo rahbarligida 2021−2023-yillar mobaynida tayyorlangan. Loyiha uchun 1 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan.

Institut direktori o‘rinbosari Dilnoza Jamolovaning soz‘larini keltirishicha, Jadidlar.uz platformasiga 250 ga yaqin jadid turmushi, faoliyati va merosiga oid ma’lumotlar, hujjatlar va asarlar kiritilgan, deb yozadi Gazeta.uz.

“Ushbu platforma orqali aholiga, ayniqsa, yoshlarga o‘zbek xalqi va davlatchiligida muhim bir jarayon hisoblangan, Rossiya imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi g‘oyalari asoschilari bo‘lgan jadidlarning ibratli hayot yo‘li hamda ularning ilmiy merosini yetkazish maqsad qilingan”, — deydi u.

Ta’kidlanishicha, platformaga jadidlarga oid 174 ta asar, ularning 1000 dan ortiq maqolasi, 120 ga yaqin she’ri hamda 500 ga yaqin hikmatli so‘zlari kiritilgan. Bundan tashqari, jadidchilikni o‘rganuvchi manbalar sifatida 200 dan ortiq suratlar, 38 ta eshituv, 20 ga yaqin ko‘ruv va 73 ta arxiv yig‘ma jildlar ham platformadan o‘rin olgan. Jadidchilikka oid tadqiqotlar sifatida 95 ta asar, 223 ta maqola, 37 ta dissertatsiya va 9 ta xotira asar yuklangan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ