Hafta artisti: AslWayne

E’lon qilingan sana· 861
Hafta artisti: AslWayne

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan yangi formatdagi “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz. Bu, o‘ylaymizki, uzoq davom etadi va siz yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz va qo‘shiqlarini qayta tinglashingiz mumkin bo‘ladi.

“Hafta artisti"ning birinchi qahramoni sifatida reper AslWayne — Aslbek Bayjanovni tanladik.

AslWayne haqida qisqacha ma’lumot

AslWayne (o‘qilishi: AslVeyn) taxallusi bilan ijod qiluvchi Aslbek Bayjanov 1999-yilning 26-aprel kuni Xivada tug‘ilgan. Aslbek 2015-yildan beri rep yo‘nalishida ijod qilmoqda. AslWayne xorazm shevasida kuylashiga qaramasdan, uning o‘ziga xos auditoriyasi bor, hatto Xorazmdan tashqarida ham yetarlicha topiladi (buning isboti sifatida 2023-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan “Humo Fest” rep festivalidan tayyorlangan reportajni ko‘rishni tavsiya qilamiz).

Nega aynan AslWayne? Aslbek o‘ziga taxallus tanlashda amerikalik reper Lil Waynedan ilhomlangan, ya’ni o‘zining ismiga Wayne qo‘shgan. Repga kirib kelish vaqtida u asosiy inglizchga rep eshitgan va buning motivlarini uning eski qo‘shiqlaridan ham topish mumkin. Ammo AslWaynening so‘zlariga ko‘ra, hozirda u inglizcha qo‘shiqlar eshitmaydi, asosan ispancha treklar tinglaydi.

Reper asosan sevgi, do‘stlik va hayot haqida kuylaydi. Hozirda uning YouTube kanalida eng ko‘p tinlangan trek “Gʻanimat” bo‘lib turibdi. 1 yil avval e’lon qilingan video 27 million marta ko‘rilgan. AslWayneni hozircha faqatgina YouTube va Spotify (bir oy uchun sal kam 20 ming tinglovchi) orqali tinglash mumkin, u treklarini boshqa musiqiy platformalarga yuklamaydi. U biz bilan suhbatda “bu qiziq emasligini” ta’kidlagan edi. Ammo uning barcha treklarini Telegram kanali dan ham topish mumkin.

Bugungi kungacha yakkaxon konsert bermagan, katta sahnalarga ham juda kam chiqqan. “Humo Fest” u uchun eng kattasi bo‘ldi. Festivaldan oldingi intervyumizda AslWayne 2024-yilda yakkaxon konsert (birinchi Xorazmda, keyin boshqa hududlarda) berishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi.

Bugungi kunda ijodkorni Instagram'da 375 ming kishi, Telegram'da esa 51 mingdan ortiq kishi kuzatadi.

AslWayne treklari

“Gʻanimat”

“O‘ynab-kul, do‘stim, davringni sur, do‘stim,
Bu dunyolar g‘animat, ko‘ngillar har doim to‘lsin”.

“Bugun to‘ying”

“Men asragan gulimni boshqasi bilan to‘yi
Asrolmadim, atolmadim „o‘zimniki“.
Sevgidan bu dunyoda ko‘p narsa muhim ekan,
Bugun to‘ying, endi sen o‘zganiki”.

“Go‘zlaring”

“Memon”

“Meni o‘rnimga o‘zingni qo‘yib ko‘r bir marta”

“Qara, ko‘zlaring taʼsiri ketmadi xayolimdan,
Bilolmay qoldim o‘rnimni hayotingda.
Tutun ezadi mani qorong‘u xonalarda,
Aldab, sevaman de, qutulay azoblardan”.

“Farzin”

“OldAsl”

8/c3RhcnQ9MCZhbXA7Y29udHJvbHM9MSIgd2lkdGg9IjU2MCIgaGVpZ2h0PSIzMTUiIGZyYW1lYm9yZGVyPSIwIiBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW49IiIgZGF0YS15b3V0dWJlLXZpZGVvPSJ2aWRlbyI==>

“Tushunmaydi”

“Veteran”

Duetlar

AslWayne — “Qo‘l kiri” ft Konsta & MORF

Massa — Freestyle ft AslWayne, Konsta, Ruhsora Emm, Abbbose, Dalimjonov

Massa — “Kechki payt” ft AslWayne

Massa — “Bu yo‘l” ft AslWayne"

Massa — “Kechalar” ft AslWayne

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ