“Uch qirollik” tarixiy seriali oʻzbek tilida namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 961
“Uch qirollik” tarixiy seriali oʻzbek tilida namoyish etiladi

“Mahalla” telekanali tez kunda “Uch qirollik” nomli tarixiy epopeya asar asosida suratga olingan serial namoyishini boshlaydi. Bu haqda telekanal ma’muriyati Afisha.uz'ga xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Mahalla” telekanaliga “Trio-Link WorldWideLimited” kompaniyasi tomonidan “Uch qirollik” teleserialini namoyish etish uchun eksklyuziv huquq taqdim etilgan. Hozirda tarjima va dublyaj jarayonlari davom etmoqda.

“Serialda Xitoydagi III asr — Xan imperiyasining qulashi va bir davlatning uch mustaqil qirollikka bo‘linishiga olib kelgan tarixiy voqealardan hikoya qilinadi. Adolat uchun kurash, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘usi, davlatchilikni mustahkamlash, birlashish kabi g‘oyalarni aks ettiradi. Serial tarixiy haqiqatga asoslangani uchun syujetlari o‘ta qiziq, taxt uchun kurash shiddati, qahramonlarning murakkab vaziyatlarda o‘zini tutishi tomoshabinni bir zumga bo‘lsin, diqqati bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi. Xullas, film haqiqiy taxtlar o‘yini haqida”, — deyiladi “Mahalla” ma’muriyati xabarida.

Serial namoyish etiladigan sana hozirda aniq emas.

Treyler

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ