"Balandda damda, hayot achiganda...": Shoxrux ijodidagi eng sara qoʻshiqlar

E’lon qilingan sana· 136
"Balandda damda, hayot achiganda...": Shoxrux ijodidagi eng sara qoʻshiqlar

Oʻzbekistonda koʻzga koʻringan reperlar bir qancha. Ular bilan alohida intervyu ham qilgan edik. Har birining oʻz uslubi, oʻz yoʻnalishi va qandaydir “vaybi” bor. Lekin yoshlik davrimizga qaytib, oʻzbek reperlari haqida soʻz yuritamiz desak, eng avvalo Shoxrux koʻz oldimizda gavdalanadi. Uning qoʻshiqlari oʻz davrida juda xit boʻlgan va hozirgacha sevib tinglab kelinadi.

Bugun, 31-yanvar kuni Shoxrux (Shohrux Shodmonov) 38 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan uning ijodidagi eng sara qoʻshiqlarni bir joyga toʻpladik.


“Balandda”

Ushbu trekni Shoxruxning “tashrif qogʻozi” deb ham atashardi. “Balandda damda…” satrlarni davom ettirolmaydiganlarni topish qiyin.

“Xayr bevafo”

“Xayr alvido, xayr bevafo…”

2004-yilda chiqqan mazkur qoʻshiqni barcha radiotoʻlqinlarda, mashina audiosistemalarida (kasetalar bilan) eshitsa boʻlardi. Televizion dasturlarni-ku aytmasa ham boʻladi. Barcha xit paradlarda yetakchi oʻrinlarni egallagan.

“Xayolimdasan”

“Sani har kun koʻrgim keladi
Sevishimni aytgim keladi”.

Ilk notalaridan barchaga tanish boʻlgan qoʻshiq.

“Salom”

“Koʻchada hamma salom-alik…”

Shoxrux va bolakay Sarvarning dueti ham oʻz davrida juda katta mashhurlikka erishgan.

“ABV”

“Bolaligim”

“Koʻz yosh toʻkilgan kunlar, xursand boʻlgan kechalar…”

Bolalar ovozi bilan kuylangan naqoratni eslaysiz-a?

“Naynov”

“Lablari jim boʻyagan naynov,
Koʻzlari yum boʻyagan naynov…”

Raqsbop va oʻsha davrda yoshlar orasida “naynov” soʻzini ommalashtirgan oʻsha xit.

“Under Control”

“Yana under control bu payt…”

Ushbu qoʻshiq nomi bilan Shoxruxning 2007-yildagi mashhur va eng esda qolarli konsert dasturi taqdim etilgandi.

“Fiesta”

“Немного поздно, но не малолюдно,
Зато у Шоха, всегда уютно”

Ritmik jihatdan juda raqsbop va kayfiyatni koʻtaruvchi trek.

“Qayt”

“Qayt, toʻgʻri hayotga qayt,
Goʻzal hayotga qayt…”

Shahzoda bilan ilk duet oʻsha davrdagi juda mashhur “Fotima va Zuxra” filmi uchun saundtrek boʻlgan.

“Avayla”

“Sevgin san mani ham,
Yuragimni qabul et”

Birinchi soniyalardan raqsga chorlaydigan trek.

“Baxtli boʻl”

Ushbu trekda Shoxruxning uzoq monologini tinglash mumkin. Musiqa ham matnga juda mos ravishda yoqimli.

“Xato”

“Zaboni shiriiiin, ammooo…”

Bu qoʻshiqqa ortiqcha izoh shart emas. Shunchaki marhum Bobur Umarov bilan kuylangan ushbu shedevrni tinglab, nostalgiyaga shoʻngʻish kerak.

“Yoroney”

“Yoroney, yoroney… Hadeb ozor berma”

2022-yilda Afisha.uz reper konsertidan reportaj ham tayyorlagan edi.

Nozima Xoshimova
Muallif
Nozima Xoshimova
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ