“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 1 032
“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Ko‘ngilochar kontentlar

Elmurod Haqnazarovning “Yengil 2” nomli konserti

Taniqli komik va vayner Elmurod Haqnazarov o‘zining yangi “Yengil 2” nomli konsert dasturini e’lon qildi.

O‘zimizning mahsulot: “Shohruhxonning 2024-yilgi konsertidan reportaj”

Oʻzbek estrada xonandasi Shohruhxon 9−14-fevral kunlari “Xalqlar doʻstligi” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Afisha.uz muxbirlari konsertning ilk kunida mehmon boʻlib, reportaj tayyorladi.

Podkastlar

“NmaGap”

O‘zbekistondagi eng erkin va stabil podkastlardan biri — “NmaGap"da “Kichkina tabib” rolini o‘ynagan Dilshodbek To‘xtabekov mehmon bo‘ldi. Ular aktyor bilan kino, aktyorlik, “Kichkina tabib”, vaynlar va yana boshqa mavzularda suhbatlashgan.

“Lolazor”

O‘tgan sonida sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mehmon bo‘lgan podkast ancha-muncha ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu sonda ijodkorlar avvalgi suhbatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar, xulosalar, Osiyo kubogida O‘zbekistonning Qatardan mag‘lubiyati, “Tashabbusli byudjet” loyihasidagi yangiliklar, mahalla raislarining har kuni ertalab madhiya aytishi, shaharda sokin va yashil parklarning muhimligi va boshqa mavzularda suhbatlashdi. Shuningdek, eng muhimi “Lolazor” podkastining yopilishi haqida ham muhokama bor.

“Markaziy sektor”

“Lolazorchilar” futbol haqida ham suhbatlashgan, lekin ular ularning Qatarda bo‘lmagan. Futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov chempionat paytida Qatarda bo‘lib turdi. Hamidov sharhlovchi va jurnalistlar Orif Tolipov va Farrux Xudoyorov muallifligidagi “Markaziy sektor” podkastida mehmon bo‘ldi. Ular O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki, Katanesning tanlovlari va urilmagan penaltilarni tahlil qilgan. Shuningdek, “Nasaf” va “Navbahor"ning Osiyo Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari, Superliganing yangi mavsumiga klublarning yondashuvi borasida ham fikrlar yangragan. Oxirida esa Xayrulla Hamidov o‘zining eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasini tuzdi.

Ilmiy kontentlar

“Qurultoy”

Tarixiy mavzularda o‘z yo‘nalishining eng oldi olimlari bilan suhbatlar tashkillashtiradigan va har bir mavzuga ilmiy yondashadiygan “Qurultoy” bu gal Ubaydullaxon haqida suhbatlashdi. Mehmon — tarixchi olim, falsafa doktori, professor Akbar Zamonov. “Bu safar Shayboniyxonning vafotidan soʻng mamlakatni bosqindan qutqargan va davlatchilikni saqlab qolgan boshqa yirik shayboniyzoda, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon haqida gaplashamiz”, deyiladi video izohida.

“Texnoplov”

Atom bombasi va atom energiyasi qanday ishlaydi? Texnoplov blogi muallifi oddiy tilda tushuntirib beradi.

Kliplar (va qo‘shiq)

Khusnorik — “Begona sevgim”

Qilichbek Madaliyev — “Ko‘rmasam bo‘lmaydi”

Asl Wayne — “Yuraging yo‘q”

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ