“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 772
 “Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Ko‘ngilochar kontentlar

“Maktab 2” seriali

YouTube tavsiyalari orasida serial tavsiya qilish o‘zimizga ham g‘alati tuyuladi, lekin bu odatiy emas, veb-serial. “Maktab"ning birinchi mavsumi ham to‘liq YouTube’da e’lon qilingan, 2-mavsum ham shunday qilinadi, lekin hamma seriyasi emas (qolgani pulli, deyishyapti mualliflar), hozircha 2 qism yuklangan, shularni ko‘rib turing. Bilmaganlar uchun: nomidan ham ma’lumki, serial maktab hayoti haqida.

CS2da “NmaGap"chilar | NmaGap

“NmaGap"da bu hafta podkast yo‘q, ular hozircha “Counter Strike” o‘ynab, striming qilishdi.

Podkastlar

“Bahodir Yalangtoʻsh — Samarqandning buyuk hokimi, biz bilmagan qahramon” | “Qurultoy”

Podkastning bugungi qahramoni haqida kino olingan, yaqinda premyerasi boʻladi. “Shu munosabat bilan premyeradan oldin bu shaxs haqida tomoshabinlarimizga tushuncha bermoqchimiz”, — deydi mualliflar. Qahramon — Yalangtoʻshbiy Bahodur. U kim boʻlgan, nima ishlar qilgan, nega uni oʻrganish kerak? Ashtarxoniylar davrini oʻrganib kelayotgan tadqiqotchi Jumaniyoz Sangirov “Qurultoy"ning navbatdagi mehmoni.

Boshqa tavsiyalar

“Boshqa davlatdan suv tortib kelolamizmi?” | “Xuddi shunday”

1989-yilda Orol dengizi ikkita alohida suv havzasiga boʻlinadi. Qurish natijasida suvning shoʻrlanishi keskin oshdi, bu esa koʻplab flora va faunaning yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Koʻlda baliqchilik bilan shugʻullanish oʻz ahamiyatini yoʻqotdi, portlar yopildi va koʻl tubining qurigan qismidan chang boʻronlari yuzlab kilometr atrofga tuz, pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalarni tashiy boshladi. Bu esa ekologik falokatni yanada kuchaytirdi.

Olimlarning fikriga koʻra, Orol dengizini avvalgi shaklida tiklashni iloji yoʻq: buning uchun mintaqada mavjud boʻlmagan juda koʻp suv kerak. Agar suvni tortib kelsakchi? “Xuddi shunday” tushuntiradi.

Birinchi oʻzbek millioneri | Mirkomilboy | U kim edi? | Alimoff

Nurbek Alimov Mirkomilboy haqida batafsil gapirib beradi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ