“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 513
“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Koʻngilochar kontentlar

“Feruz Muhammad va Mirshakar Fayzulloyev Tungi qahramon” | “Xay mayli”

Stendap komik va boshlovchi Mirshakar Fayzulloyevning “Tungi qahramon” koʻrsatuvida “IntervyuTv” YouTube kanali muallifi Feruz Muhammad mehmon boʻldi. Unda boshlovchining savollariga qatnashchining kontaktidagi insonlar javob berishi kerak boʻladi.

“Gavayi vulqonlari: lavalar oʻzi kerakmi? Butun Amerikani kofe bilan ta’minlayotgan plantatsiya” | “MrOtabekTv”

“MrOtabekTv"da Amerikadan yangi video.

Podkastlar

“Avaz Beriqulov — AFC’dagi faoliyat, Saudiyaning Osiyo futboliga ta’siri va Parij Olimpiadasi haqida” | “Markaziy sektor”

“Markaziy Sektor” loyihasining 6-son podkastida futbol mutaxassisi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasining musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Avaz Berdiqulov mehmon bo‘ldi.

Mualliflar — Orif Tolipov va Farrux Xudoyorov Avaz Berdiqulov bilan Osiyo Futbol Konfederatsiyasidagi faoliyati, mazkur tashkilot tomonidan so‘nggi vaqtlarda bir qator musobaqalar mezbonligining O‘zbekistonga berilishi, Saudiya Arabistonining Osiyo futboliga ta`siri, yangi tashkil etilgan Elit liga, g‘arb va sharq qachon birlashishi, AFC va UEFA o‘rtasida raqobat mavjud yoki majvud emasligi va bir qator mavzular haqida gaplashishgan.

“Aholining oʻsishi va iqtisodiy farovonlik” | “Uzbekonomics”

Ushbu podkastda iqtisodchilar Behzod Hoshimov hamda Botir Qobilov qanday qilib aholi sonining koʻpayishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta’sir etishi mumkinligini muhokama qilgan.

Mualliflik koʻrsatuvlari

“Buyuk janglar | Usmonli imperiyasi | Tarix rakursi | Alimoff”

Bloger Nurbek Alimov Usmonli imperiyasi tarixidagi eng ahamiyatli janglar haqida soʻz yuritadi.

“Samsung Galaxy A55 — toʻliq obzor” | “Temur Khatamov”

Texnobloger Temur Xotamov Samsung Galaxy A55 smartfonini sinab koʻrib, u uchun sharh tayyorladi.

Alohida tavsiya

“Sultonali Rahmatov nega 13 yil konsert qoʻymadi?” | “Gazeta.uz”

Oʻzbekistonlik

taniqli sozanda va bastakor Sulton Ali Rahmatov 1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Uning “Assalom O‘zbekiston”, “Ikkinchi simfoniya”, “Sehrli tun”, “Sirli dunyo” singari o‘nlab musiqalari nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sevib tinglanadi.

Bastakorning ilk yakkaxon konserti 2006-yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. U 2007- hamda 2011-yillarda Samarqanddagi Registon maydonida ham yakkaxon konsertlarini namoyish etgan.

Sulton Ali Rahmatov 2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

U 2024-yilning 18−21-aprel kunlari navbatdagi konsertini taqdim etmoqda. “Gazeta.uz” konsert arafasida bastakor Sulton Ali Rahmatov bilan suhbatlashdi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ