Hafta artisti: Shahriyor

E’lon qilingan sana· 379
Hafta artisti: Shahriyor

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz. Bu, o‘ylaymizki, uzoq davom etadi va siz yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz va qo‘shiqlarini qayta tinglashingiz mumkin bo‘ladi. “Hafta artisti"ning navbatdagi qahramoni — reper Shahriyor.

Shahriyor haqida

Reperni aksariyat odamlar Shahriyor deb taniydi, familiyasi haqida koʻpchilik bilmasa kerak, uning toʻliq ismi shunday: Shahriyor Argonov. Reper 1989-yil 15-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan. Argonov oʻzi haiqdagi shaxsiy ma’lumotlarni sir tutishni ma’qul koʻradi, internetda u haqida ma’lumot topish qiyin.

Shahriyorning ijodga kirib kelishi 2000-yillar boshiga toʻgʻri keladi. Reper ijodining boshida “Seni koʻrdim” treki bilan tanilgan, tarmoqlarda bu qoʻshiq haligacha mashhur. U, shuningdek, bir nechta filmlarda ham suratga tushgan, xususan, “Tashlandiq"dagi bosh rol va saundtrek Shahriyorning aktyor sifatida ham tanilishiga katta hissa qoʻshgan. 2005−2010-yillar oraligʻida u tinimsiz ijod qilgan, u oʻshanda “Tarona Records” ovoz yozish studiyasi a’zosi boʻlgan.

Shariyor Argonov ijodida 2010-yildan keyin biroz susayish kuzatilgan. Ijoddagi tanaffus haiqda toʻxtalar ekan, u “asarni yuragidan, qalbidan yarata olmasa, oʻzini majburlay olmasligi"ni aytadi. Reper bu vaqtda AQSHda boʻlib, umuman boshqa yoʻnalishda faoliyat olib bordi. U hozirgi paytda Oʻzbekistonga kelib-ketib yuradi, AQSHda bizneslari, xususan, logistika kompaniyasiga ega.

Treklar

“Seni koʻrdim”

Shahriyor deganda birinchi boʻlib ushbu qoʻshiq hayolga kelishi tabiiy. Yuqorida aytganimizdek, aynan shu trek reperning dastlabki mashhurligiga sabab boʻlgan. “Seni koʻrdim, men seni koʻrdim…”.

“Tashlandiq”

Oʻzi bosh rolni ijro etgan “Tashlandiq” filmi uchun saundtrek ham aynan Shahriyor tomonidan kuylangan. Kinoda ham Shahriyor reper boʻladi, shunga mos kiyinib, harakatlar qiladi.

“Boʻrilar” (feat Shohruhxon)

Yaxshi bilsangiz kerak, bu qoʻshiq ham filmga saundtrek. Ammo u xuddi shu nomli filmda rol ijro etmagan, faqat Shohruhxon bilan saundtrek uchun duet qilgan.

“Yor-yor”

Qoʻshiqlar ketma-ketligi bir xil boʻlib ketmasligi uchun boshqacharoq yoʻnalishdagi yana bir e’tibordan chetda qoldirib boʻlmaydigan trek — “Yor-yor”.

8/c3RhcnQ9MCZhbXA7Y29udHJvbHM9MSIgd2lkdGg9IjU2MCIgaGVpZ2h0PSIzMTUiIGZyYW1lYm9yZGVyPSIwIiBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW49IiIgZGF0YS15b3V0dWJlLXZpZGVvPSJ2aWRlbyI==>

“Rasvo”

“Mana sanga oʻsha kayf…”. Yana saundtrek (“Suiqasd” filmiga), yana tepadagilarga yaqin mavzu. Shahriyor ijodga kirib kelgan vaqtida mana shunday mavzular avj olgan va bunga reperning ovozi, tipaj va yoʻnalishi mos tushgani uchun bir-biriga yaqin musiqayu kinolar koʻpayib ketgan, nazarimda.

“Kel money”

Endi biroz “yengilroq” qoʻshiqlarga oʻtamiz. “Yaxshi yashashga nima kerak — yaxshigina pul kerak”, degan edi Shahriyor bir paytlar. U kliplarida amerikalik reperlardek kiyinardi, shunga mos harakatlar qilardi, mavzulari ham qora tanli reperlarnikiga yaqin boʻlgan.

“Mana soqqa” (feat Shokir & Daler Ametist)

Bu yaqinda kuylangan trek. Yuqoridagi “Kel money"ning uzoq vaqt kuttirgan “ukasi” desak ham boʻladi.

8/c3RhcnQ9MCZhbXA7Y29udHJvbHM9MSIgd2lkdGg9IjU2MCIgaGVpZ2h0PSIzMTUiIGZyYW1lYm9yZGVyPSIwIiBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW49IiIgZGF0YS15b3V0dWJlLXZpZGVvPSJ2aWRlbyI==>

“Doʻstmisan”

Haligacha tarmoqlarda aylanadigan qoʻshiq Shahriyor ijodining boshida kuylangan.

“Ismi yuragimda”

Musiqaning birinchi notalaridanoq tanish boʻlib tuyuladigan qoʻshiq.

“Tunu kun”

“Bizda tunu kun party ba-bam-bam, birgalashib Shahrik bilan kuyla!”.

“Izhor”

Sevgi nima, deya kuylangan muhabbat haqidagi ajoyib qoʻshiqlardan biri.

“Oʻrik gullaganda”

Yuqoridagi treklarni bilmaganlar Shahriyorni shu qoʻshiq bilan tanishadi.

“Парами” (feat Sevara Nazarxon & Daler Ametist)

Uch xil yoʻnalishdagi ijodkor birlashganda mana shunday ajoyib musiqa yaraladi.

“Xasta boʻlma”

Bu qoʻshiqni koʻpchilik Yulduz Usmonova ijrosida eshitgan. Ammo Shahriyor ham qoʻshiqni maromiga yetkazgan.

“Shax qaytdi”

Uzoq tanaffusdan keyingi katta qaytish: Shax qaytdi uyga!

“Kerakligimda” (feat Milena Madmusayeva)

Shahriyor reperning oxirgi klipi bir oy oldin e’lon qilindi. U Milena Madmusayeva bilan duet kuyladi.

Yuqoridagi kliplar orasida 10−15 yillab farq bor, ammo afsonaviy Shahriyor oʻsha-oʻsha. Kettik, “birgalashib Shahrik bilan kuyla"shga.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ