"Ovoz" loyihasi qachon efirga uzatilishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 1 240
"Ovoz" loyihasi qachon efirga uzatilishi ma'lum boʻldi

“ZoʻrTv” telekanali dunyoga mashhur “Ovoz” (“The Voice”, “Голос”) loyihasining birinchi soni 20-aprel, soat 20:00 da efirga uzatilishini ma’lum qildi.

“Ovoz” loyihasining birinchi mavsumida quyidagi toʻrtlik hakam va murabbiylik qiladi: Yalla" guruhi rahbari Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, “Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov va O‘zbekiston xalq artisti hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76-mamlakatga aylandi. O‘zbekistonda uning Rossiyadagi franshizasi — “Голос” teleshousi ko‘pchilikka yaxshi tanish. Unda o‘zbekistonlik ijodkorlar ham, xususan, Sevara Nazarxon, Sardor Milano, Sabina Mustayeva, Firdavs Avezovlar ishtirok etishgan.

Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz “The Voice” loyihasining rasmiy franshizasi — “Ovoz” taqdimot marosimida qatnashib, maxsus reportaj e’lon qilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ