"Media loyihalar" videoroliklar tanlovi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 163
"Media loyihalar" videoroliklar tanlovi boʻlib oʻtadi

“Bitiruvchi va talaba-yoshlar” festivali doirasida navbatdagi “Media loyihalar” tanloviga start berildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Tanlovdan qatnashish uchun poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan keng qulayliklarni me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda avval hech qayerda foydalanilmagan, o‘quvchi yoshlar ishtirokida ijtimoiy videorolik suratga olish zarur. Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Ishtirokchilar tanlov uchun tayyorlagan videoroliklarini ushbu Telegram akkauntga yuborishlari lozim.

Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 93−520−5255.