“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 951
“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Koʻngilochar kontentlar

“Mirshakar Fayzulloyev MALADES stand-up konsert dasturi” | “Xay mayli”

Va nihoyat, stendap komik Mirshakar Fayzulloyev uzoq kutilgan konsert dasturini e’lon qildi. Sal kam 1 yarim soat davom etgan konsert dasturi 2023-yilning iyun oyida boʻlib oʻtgandi.

“Teacher Azam va Mirshakar Fayzulloyev Tungi qahramon” | “Xay mayli”

Mirshakar Fayzulloyev ishtirokidagi yana bir koʻrsatuv. Bu safar bloger va muallim Teacher Azam (toʻgʻrirogʻi, uning kontaktidagi insonlar) komikning sinovidan oʻtishi kerak boʻladi.

“Xamdamomaniya. Hafta artisti: Xamdam Sobirov” | Afisha.uz

Oʻzimizning YouTube kanalda yangi loyiha boshladik: “Hafta artisti”. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha qiziqarli ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz.

Uning navbatdagi qahramoni — oʻzbek shou biznesidagi asosiy xitmeyker — Xamdam Sobirov. Quyida uning ijodi oʻzgarishi, qanday qilib mega xitlar yaratayotgani va kliplaridagi uslubi haqida gaplashamiz.

Podkastlar

“Soʻz erkinligi holati yomonlashyaptimi? — Lolazor podkast”

“Lolazor"chilar ushbu sonda mehmon — “Gazeta.uz” nashri jurnalisti Shuhrat Latipov bilan O‘zbekistondagi so‘z erkinligining holati, jurnalistika sohasidagi kadrlar, xalqaro reytingdagi pasayish, qanday islohotlar qilish zarurligi, Senatda qolib ketgan qonun va Konstitutsiyaning buzilishi, O‘zbekistonliklarga viza olishning qiyinligi, daraxt kesgani uchun qamalganlar va bir nechta yaxshi xabarlar haqida gaplashishgan.

“Xurosonda turklar tarixi qachondan boshlangan?” | “Qurultoy”

“Qurultoy"ning navbatdagi mehmoni — turkolog olima, PhD Feruza Jumaniyozova. “Bugun Xurosondagi tariximizning bir qismi boʻlgan mavzuda gaplashamiz. Turkiy xalqlar Xurosonda qachon oʻrnashgan? Ularning bu yerdagi tarixi qanday kechgan?”, deb yoziladi video izohida.

“Ovoz — Musiqiy loyiha tashkilotchilari bilan suhbat” | “Qoʻshtirnoq”

Ovoz loyihasiga qancha pul sarflangan? Franshizani talablari qanday? Nechta bosqichdan iborat va asosiy jarayon qanday? Boshlovchi va hakamlar qanday tanlangan? Musiqiy loyiha maqsadi va barcha tafsilotlar haqida loyihaning bosh prodyuseri va rejissyori bilan suhbatni “Qoʻshtirnoq"da eshitishingiz mumkin.

“Musofir boʻlmaguncha, musulmon boʻlmaysan! Otabek Mahkamov” | “NmaGap”

“NmaGap” podkastda Otabek Mahkamov mehmon boʻldi.

Mualliflik koʻrsatuvlari

“Maymun biznesi"ga aylangan qurilishlar” | “Subyektiv”

“Subyektiv"da mualliflar almashdi. Endi uni jurnalist Sardorbek Usmoniy yuritmoqda va dastlabki koʻrsatuvini Oʻzbekistondagi urchib ketgan noqonuniy qurilishlarga bagʻishladi.

Xalqlar otasining oʻgʻli | Vasiliy Stalin | U kim edi? | “Alimoff”

Bloger Nurbek Alimov doim otasining soyasida qolgan shaxs — Iosif Stalinning oʻgʻli Vasiliy Stalin biografiyasi haqida gapirib beradi.

“Koinot qanday yaralgan?” | “Kunduziy”

Bloger Kunduziy qaysi mavzuda video tayyorlagani tushunarli boʻlsa kerak.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ