“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 329
“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Koʻngilochar kontentlar

““Malohat"dan “Janze"gacha: Xamdam Sobirov konserti — 2024” | Afisha.uz

Taniqli estrada xonandasi Xamdam Sobirov 24-may kuni Humo arena sport majmuasida yakkaxon konsertini taqdim etdi. 30 ga yaqin qoʻshiqlar, 7 ta duet ijro etilgan konsertdan Afisha.uz muxbirlari reportaj tayyorladi.

“EKG STAND UP #2” | EKG

Bir guruh yosh stendap komiklar toʻplanib, konsertlar qoʻyib kelishmoqda. Mana ulardan biri.

“Ovoz — Yulduz Usmonova | Gollivud — Munisa Rizayeva” | The Voice of Uzbekistan

Dunyoga mashhur “Voice” loyihasining Oʻzbekistondagi franshizasi ancha-muncha muhlis yigʻishga, yana tomoshabinlarni televizor qarshisiga qaytarishga erishdi. “Ovoz” loyihasining navbatdagi sonida Yulduz Usmonova Munisa Rizayevaning qoʻshigʻini kuyladi (bu boshqa, “yangi” Yulduz Usmonova).

Podkastlar

“Maylimi, Oʻzbekiston degan davlat qursak?” | “Lolazor”

Podkast mualliflari ushbu sonda adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor bilan Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, “Paxtakor-79” halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashgan.

“Psixolog fikri: „Odamlarga psixologiya kerak emas!“ Shohruh Norbekov” | “NmaGap”

“NmaGap” podkast mualliflari bu safar psixolog bilan ushbu fan, u qanchalik kerakligi, soha mutaxassislari haqida suhbatlashishgan.

“Umuman boshqa Hasan boʻlib Toshkentga qaytib keldim” | “Otasiz” podkast

Podkastlar qatoriga yana biri qoʻshildi, ammo bu safar aynan bir mavzuga ixtisoslashgan boʻladi, deb va’da berishmoqda mualliflar. Podkast nomidan ma’lum boʻlgan boʻlsa kerak, unda ota, otasizlik va ota boʻlish haqida suhbat olib boriladi. Birinchi mehmon — sharhlovchi Hasan Turdialiyev (Davlat Turdialiyevning oʻgʻli).

“Turkiston boylari, „Tujjor“ gazetasi va Saidkarimboy Saidazimboy bosib oʻtgan yoʻl” | “Qurultoy”

Podkastning mazkur sonida Turkiston hududidagi boylar, ularning faoliyati va bosib oʻtgan yoʻli, mintaqa tarixida tutgan oʻrni mavzusida suhbat qurilgan. Mehmon tarix fanlari nomzodi Yoqubjon Tayronov.

Boshqa koʻrsatuvlar

“Oʻzbek repida soqqa bormi? | Konsta, Dalimjanov, Yamadzhi” | “Soqqa”

Oʻzbek repida pul bormi? Repperlar qanday pul topadi va uni qanday sarflaydi? “Soqqa” loyihasi mualliflari Mirshakar Fayzulloyev boshchiligida mazkur savollarga javob topish uchun turli yo‘nalishlardagi 3 nafar reper bilan, tajriba, xatolar, xulosa, o‘zi umuman bosib o‘tilgan yoʻllar haqida gaplashishga qaror qilgan.

“Kembrijda oʻqigan josus yigitlar | Kembrij beshligi | Tarix rakursi” | “Alimoff”

“Kembrij beshligi” XX asrdagi eng samarali josuslar guruhi. 1934−1937-yillarda Londondagi sovet rezidenturasi tomonidan tashkil etilgan ushbu guruhga Kembrij universiteti bitiruvchilari jalb etilgan. Ular Sovet Ittifoqiga josuslik bilan katta yordam berishadi. Bloger Nurbek Alimov shu haqida hikoya qiladi.

“Ozodbek Nazarbekov: Bu ishlarni ortida kim turganini bilaman. Lekin…” | “Protokol”

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazir boʻlib saylangan kuniga qadar qanday hayot kechirgani haqida gapirdi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ