"Yashayapmiz, oʻlganimiz yoʻq": Ulugʻbek Qodirov Oʻktam Kamalov bilan duet qoʻshiq aytdi

E’lon qilingan sana· 737
"Yashayapmiz, oʻlganimiz yoʻq": Ulugʻbek Qodirov Oʻktam Kamalov bilan duet qoʻshiq aytdi

Taniqli oʻzbek aktyori Ulugʻbek Qodirov xonanda Oʻktam Kamalov bilan birga kuylangan “Oʻlganimiz yoʻq” qoʻshigʻi va klipini taqdim etdi.

Klip xavfsizlik xizmati xodimlarining faoliyati hamda erkaklarning jamiyatdagi oʻrni mavzulariga bagʻishlangan.

Ma’lumotga koʻra, qoʻshiq ilgari Oʻktam Kamalovning yakkaxon ijrosida taqdim etilgan, Ulugʻbek Qodirov bilan remeyk qilingan tarzda premyera qilindi.

Xonanda Oʻktam Kamalov “Toshkentlik bollar”, “Jigarlar”, “40 yoshdan oshdik” nomli qoʻshiqlari bilan mashhur.