Uzbekistan's club futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasi rasmiy madhiyasini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 421
Uzbekistan's club futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasi rasmiy madhiyasini e'lon qildi

Uzbekistan’s club mamlakat tarixida ilk bor futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratdi. “Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba” loyihasi doirasidagi musiqiy asar videosi taqdim etildi.

Qayd etilishicha, ushbu videoni suratga olishda eng yaxshi mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda germaniyalik kinooperator Maks Tsui ham ishtirok etgan. Unda terma jamoaning barcha futbolchilari, jumladan, Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodov hamda murabbiy Timur Kapadze qatnashgan.

Bundan tashqari, san’at va media sohasining yorqin namoyandalari, xususan, Asal Saparbayeva (Littos), Alisher Uzoqov, Davron Kabulov, Kamila Gemadinova, Xusnora Shodiyeva, Sitora Alimjonova, Maftuna Shokirova, Abdurahmon Fozilov va boshqalar suratga tushgan.

Ta’kidlanishicha, Uzbekistan’s club mazkur videokontent orqali #qonimdagalaba xalqaro chellenjiga start beradi. Chellenj shartiga koʻra, 20-iyulga qadar “O‘zbekistonlik” trekidan foydalanib, futbol mavzusida suratga olingan 1 daqiqali videoni Instagram’ga #qonimdagalaba heshtegi bilan joylash kerak boʻladi.

10 ta eng yaxshi videoning har biri uchun 50 million so‘m pul mukofoti beriladi. Ularni mashhur sportchilar va media vakillaridan iborat hay’at a’zolari saralaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ