OʻzA axborot agentligi SI asosida ishlovchi robot-muxbirni ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 191
OʻzA axborot agentligi SI asosida ishlovchi robot-muxbirni ishga tushirdi

O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) Sobira Xoldorova ismli sun’iy intellektga asoslangan virtual suxandon ishga tushirilganini ma’lum qildi. U yangiliklarni toʻqqizta: o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan, qozoq tillarida o‘qib bera oladi.

Ushbu robot-muxbirni yaratish uchun jurnalist Dildora Abduxalilovaning prototipidan foydalanilgan. Unga Sobirova Xoldorova ismi berilgan.

Robot-suxandonga ushbu ismni taklif qilgan jurnalist Aziza Qurbonovaning yozishicha, Sobira Xoldorova oʻzbek jurnalistikasida ilk diplomli ayol hisoblanadi.

“Qatag‘onga uchragan, adolatsizliklarda hayoti zabun bo‘lgan isteʼdodli o‘zbek ayoli haqida tadqiqotlar kam.

Xushnudbekka [Xudoyberdiyev — OʻzA bosh direktori birinchi oʻrinbosari] shu inson ismini taklif qilgandim, “yaxshi, balki shu bilan tarixiy obraz ham qayta tiklanadi, Sobira Xoldorova shaxsiga jamoatchilik eʼtibori tushadi” deb maʼqulladi", deb yozadi Aziza Qurbonova.

O‘zA nomidan tarqatilishi mumkin bo‘lgan soxta videoroliklardan himoyalanish maqsadida har bir videoga QR kod kiritiladi, bu orqali ushbu videoning matnini agentlik saytidan tekshirish mumkin.