"Tandir Music Lab": oʻzbek qoʻshiqlari – yangi talqinda

E’lon qilingan sana· 329
"Tandir Music Lab": oʻzbek qoʻshiqlari – yangi talqinda

Sentyabr oyida start olgan yangi musiqiy “Tandir Music Lab” loyihasida bir qator klassik va mashhur oʻzbek qoʻshiqlar yangi talqinda ijro etilmoqda.

“Tandir Music Lab” musiqa laboratoriyasi — O‘zbekiston musiqachilari madaniyati va merosini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy platforma hisoblanadi.

Bungacha oʻzbek va uygʻur xalq qoʻshigʻi “Ketaman” “Koʻk choy” guruhi va reper Abbose tomonidan, Ravshan Namozovning “Qiz rasmi” qoʻshigʻi Laliddin Holmatov tomonidan, Lolaning “Toshkent-Samarqand” qoʻshigʻi Yulduz Musa tomonidan, Lutfiyning “Xoh inon xoh inonma” gʻazali “Hooligans Band” tomonidan ijro etildi.