MIlliy trend: oʻquvchilar maktabga chopon kiyib boryapti

E’lon qilingan sana· 355
MIlliy trend: oʻquvchilar maktabga chopon kiyib boryapti

Instagram’ning oʻzbek kontingenti, aniqrogʻi, maktab oʻquvchilari oʻrtasida yangi trend ommalashmoqda: oʻquvchilar maktabga chopon kiyib bormoqda. Bu trendda hozircha faqat yigitlar qantashmoqda, ular asosan, qalin choponlar (toʻn) kiyib borganini videosini tarmoqqa joylashmoqda.

Oʻquvchilar bu videolarni sinfi uchun maxsus ochilgan yoki shaxsiy sahifalariga joylab bormoqda.

Video “Maktabda juda sipo („скромно“) yursanglar kerak?”, degan savolga javob tariqasidagi izohlar biriktirilmoqda.

Oʻquvchilarning bu harakatiga oʻqituvchilar yoki maktab ma’sullari qanday munosabat bildirayotgani ma’lum emas. Maktablarda tarqalayotgan trend boʻyicha vazirlik rasmiy munosabat bildirmadi.

Koʻproq video (izoh: quyidagi ayrim videolarni faqatgina Instagram ilovasi orqali tomosha qilish mumkin)