Qirol Charlz III va qirolicha Kamilla toj kiyish portretlarini namoyish qilishdi

6-may kuni Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla taxtga rasman o‘tirganliklarining ikki yilligi munosabati bilan o‘zlarining rasmiy toj kiyish marosimidagi portretlarini ommaga namoyish qildilar.
Suratlar Milliy galereyaning markaziy zalida may oyining oxirigacha namoyish etiladi, iyun oyida esa Bukingem saroyiga ko‘chiriladi. Qirol oʻzing 40 yildan ortiq tanishi bo‘lgan rassom Piter Kuxfeldga, qirolicha boʻlsa Pol S. Benniga oʻz portretlarini chizdirishdi.
“Men bir vaqtning o‘zida qirollik portret san’ati an’analarini davom ettirgan holda, ham insoniy, ham qirollik xususiyatlarini aks ettiruvchi rasm yaratishga intildim” dedi Kuhfeld Sent-Jeyms saroyida joylashgan Taxtlar zali fonida tasvirlangan qirol surati haqidagi bayonotida.
Polotnoda qirol Karl III qirollik harbiy-dengiz floti zobitining tantanali kiyimi ustidan shohona mantiya kiygan holda, ko‘kragida asosiy mukofotlari bilan tasvirlangan. Qirolicha esa toj kiyish marosimi uchun mo‘ljallangan och moviy-yashil rangdagi libosda aks ettirilgan.