Foto: Konsta "Vatan" nomli konsert-turi boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazdi

E’lon qilingan sana· 131
Foto: Konsta "Vatan" nomli konsert-turi boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazdi

Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali va “Toshkent” metro bekati oralig‘idagi yerosti yo‘lida 18-may kuni reper Konsta Oʻzbekiston boʻylab “Vatan” nomli konsert-turi oʻtkazilishini ma’lum qildi. Bu Konsta faoliyatidagi Oʻzbekistonning 12 ta hududini oʻz ichiga olgan ilk tur boʻladi.

“Bu faqatgina mashhur treklar yoki odatdagi stadionlar, zallar to‘ldirilishi uchun konsert tadbiri emas, balki viloyatlar hududiga ham sifatli shou, sifatli tadbirlar va hordiq chiqarish darajasini yetkazish missiyasi. Bu kechinmalarni muxlislar bilan quloqchinlar orqali emas, jonli tarzda bo‘lishish uchun imkoniyat. Bu tashkilotchilik ishlarida „shunchaki“ so‘zidan foydalanilmaydigan konsertlar”, — deydi artist.

1-iyundan 1-iyulgacha davom etadigan konsert turi — reper tug‘ilib-o‘sgan Guliston shahridan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda davom etadi:

  • 1-iyun — Guliston (Amfiteatr);
  • 3-iyun — Jizzax (O‘rda bog‘i);
  • 5-iyun — Samarqand (“Mo‘jiza” amfiteatri);
  • 7-iyun — Navoiy (Alisher Navoiy bog‘i);
  • 9-iyun — Buxoro (Mirzo Ulug‘bek bog‘i);
  • 12-iyun — Termiz (Bobur bog‘i);
  • 15-iyun — Qarshi (Alisher Navoiy bog‘i);
  • 18-iyun — Urganch (Amir Temur maydoni);
  • 21-iyun — Nukus (Amfiteatr);
  • 27-iyun — Fargʻona (Eco City);
  • 29-iyun — Andijon (Tennis korti);
  • 1-iyul — Namangan (Markaziy kort).

Bundan tashqari, mazkur metro bekati oralig‘idagi yerosti yo‘lida yangi raffiti ham yaratildi. Uning markazida Konstaning oʻzi va uning ortida odamlar tasvirlangan. Shuningdek, “odamlar nima deydi” soʻzlari yozilgan. Ma’lumot uchun, Konstaning shu nomli treki mavjud.

Chiptalar payme ilovasida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, hududlarda offlayn xarid qilish imkoni ham yaratiladi. Sotish nuqtalari, manzillari haqida reperning Instagram sahifasida yoki konsta.uz saytida ma’lumotlar beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling