"Bu Qala" guruhining yangi "Gullar" nomli qoʻshigʻi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 161
"Bu Qala" guruhining yangi "Gullar" nomli qoʻshigʻi e'lon qilindi

“Bu Qala” rok guruhining oʻzining yangi “Gullar” nomli qoʻshigʻini e’lon qildi. Hozirda ushbu qoʻshiqni musiqiy platformalar orqali tinglash mumkin.

Unda guruh muhabbati uchun gullar va boshqa narsalarni taklif qilayotgan yigit nomidan kuylaydi. Shuningdek, birinchi uchrashuv haqida eslanadi.

Avvalroq “Bu Qala” Afisha.uz'ga intervyu bergan. Unda guruhning tashkil topishi va bugungi kundagi ijodi haqida soʻz boradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Samarqand osh haqida kuylagan “Bu Qala”: Underground rok guruhi bilan suhbat

Rok muxlislariyu, shu yoʻnalishda ijod qiluvchilar Oʻzbekistonda kam uchraydi. Bunday musiqiy guruhlarning koʻpi ommaga tanilmaydi, andegraund qolib ketadi. Ammo ularning ham oʻz dunyosi, tinglovchilari va mavzulari bor. Hech oʻylaganmisiz rokerlar samarqandcha osh haqida kuylashini? Ha, shunday boʻlgan, ular buni muhabbat tili deb biladi (va ular qayerda nohaq?!). Gap "Bu qala" rok guruhi haqida ketmoqda.