"Salamaleykum": Alinur, Kair va Khorezmiydan yangi trek premyerasi

E’lon qilingan sana· 178
"Salamaleykum": Alinur, Kair va Khorezmiydan yangi trek premyerasi

Xonanda Alinurning Kair va Khorezmiy bilan birga kuylagan “Salamaleykum” nomli qoʻshigʻi 18-iyul kuni premyera qilindi.

Qoʻshiqda bit milliy cholgʻu asboblari, xususan, doira va dutor ijrosi bilan bezatilgan. Shuningdek, Khorezmiy ijrosi vaqtida musiqada yorqin xorazmcha navolarni sezish mumkin.

“Men bit yozdim, Kair esa soʻzlari va naqarot kuyini. Eshitib koʻrib, hammamiz yaxshi trek chiqishini tushundik.

Keyin kuplet motivlarini yozib, Baxtiyor va Khorezmiy bilan matnini yozishni boshladik. Men milliy cholgʻu asboblar bilan bitni boyitmoqchi edim. Doirachi qidirishni boshladim va oʻzimga Fidobekni kashf qildim. 15 daqiqada usullarni topib, Khorezmiy kupletiga ataylab xorazmcha usulni chaldik. Keyin ayolim (Diyora Gʻayratova) dutorda oʻz partiyasini yaratdi", — deydi Alinur.

Trekni hozirda barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling