"Bu qala" yana oshxonaga murojaat qildi: guruhning "Daydilar (Mastava)" qoʻshigʻi e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 135

“Bu qala” rok guruhining yangi “Daydilar (Mastava)” qoʻshigʻi e’lon qilindi. Hozirda ushbu qoʻshiqni musiqiy platformalar orqali tinglash mumkin.
Unda guruh sevgan qiziga shahardan ketib, togʻlarga chiqishni va mastava ichishni taklif qilayotgan yigit nomidan kuylaydi. Shuningdek, hayotning juda tez oʻtib ketishi haqida eslanadi.
Ma’lumot uchun, guruhning mashhur qoʻshiqlaridan biri “Samarqand osh” deb nomlanadi. “Daydilar (Mastava)” treki oshxonaga murojaat qilingan ikkinchi qoʻshiq hisoblanadi.
Avvalroq “Bu Qala” Afisha.uz'ga intervyu bergan. Unda guruhning tashkil topishi va bugungi kundagi ijodi haqida soʻz boradi.