"Capital": AslWayne va Minor duet e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 232
"Capital": AslWayne va Minor duet e'lon qildi

Reperlar AslWayne va Minor uzoq kutilgan duetini e’lon qildi. U “Capital” deb nomlanadi. Ushbu trekka klip ishlanmagan, YouTube’da mood video bilan e’lon qilingan.

AslWayne 2024-yilning avgust oyida boʻlgan intervyuda duet tayyor boʻlishiga “oz qolgani” haqida aytgandi.

“U bilan gaplashdik, endi Fargʻonaga borsam balki qilishimiz mumkin. Shunaqa kelishganmiz, boraman oʻzim aylanib, deganman. Boʻladi lekin. Nega deganda, u yaxshi bola-da”, — degandi AslWayne oʻsha suhbatda.

Afisha.uz'ning Minor bilan suhbatida ham ushbu mavzu koʻtarilgan. 2025-yilning martida Minor trek tayyor boʻlganini aytgan.

“Duet yozib boʻlingan allaqachon. Svodka qilinishi qolgan, xolos. AslWayne menga yuborishi kerak, chunki men allaqachon ovozimni yozib, unga yuborganman. Keyin AslWayne Fargʻonaga keladi yoki men Xivaga boraman, videosini olamiz, chiqaramiz. Qanchalik tez boʻlishini bilmayman, balki ertaga tayyor boʻlar”, — degandi u oʻsha paytda.

AslWayne bilan suhbatdan 1 yil, Minor bilan intervyudan 6 oy oʻtib trek tayyor boʻldi va ijodkorlar 29-sentyabr kuni duetini YouTube va boshqa musiqiy platformalarda e’lon qildi.

AslWayne va Massa bilan eksklyuziv intervyu

Minor — oʻzbek repi, klassika va psixologiya haqida. Reper bilan katta intervyu

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling