Yandex Music'da eng ko‘p tinglangan yangi qo‘shiqlar pleylisti – “SuperParvoz” paydo bo‘ldi

Yandex Music xizmatida yangi “SuperParvoz” pleylisti ishga tushirildi va endilikda o‘zbekistonlik tinglovchilar asosiy musiqiy voqealardan xabardor bo‘lib boradilar. Unda har hafta juma, shanba va yakshanba kunlari eng ko‘p tinglangan yangi treklardan iborat ro‘yxat tuziladi.
“SuperParvoz” orqali auditoriya e’tiborini eng ko‘p tortgan va so‘nggi kunlarda ko‘p muhokama qilingan musiqiy relizlarni tezda bilib olish mumkin. Bu shunchaki tanlov emas — ayni damda shakllanayotgan mahalliy did va trendlarning ifodasidir.
O‘zbekistonlik tinglovchilar orasida qaysi san’atkorlar eng ko‘p tinglangan — Yandex Music SuperParvoz uchun eng mashhur ijrochilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Pleylistning birinchi pog‘onasini Sevara Nazarxon va Konsta ijrosidagi “Asragin meni” treki egalladi. Musiqachilar o‘z yangiligini 3-oktabr kuni taqdim etdilar va u shu zahoti auditoriya e’tiborini qozondi. Qo‘shiqda sevgi va ayriliq mavzusi ko‘tarilgan, ijrochilarning hissiyotli talqini esa tinglovchilar uchun yaqin va tushunarli.
Yetakchi uchlik safidan Asl Wayne va MINOR dueti ijrosidagi trek — “Capital” ham o‘rin oldi. Uning ohangdor rap ijrosi va samimiy matni erkak kishining hayotiy tanlovi va bosib o‘tgan yo‘lini tubdan ochib beradi. Zamonaviy ohang va samimiyat uyg‘unligi tufayli ushbu qo‘shiq haftaning eng yorqin relizlaridan biriga aylandi.
Uchinchi o‘rinda esa MOT ijro etgan “odinoк.Net” treki joylashdi. Kompozitsiya o‘zining “onlayn-estetikasi” va yolg‘izlik mavzusi bilan ajralib turadi, bu esa virtual dunyo va haqiqiy hayot oralig‘ida yashayotgan butun avlodga tanish tuyg‘u. Qo‘shiq tezda romantik kayfiyatni izlaydigan tinglovchilarning tanloviga aylandi, uning promosida esa zamonaviy trendlar.
“SuperParvoz” nafaqat tinglovchilarga, balki ijrochilarga ham yordam beradi. Musiqachilar uchun reytingga kirish — o‘z relizining muvaffaqiyatini haftaning boshqa yangiliklari bilan taqqoslash, qo‘shimcha e’tibor qozonish va yangi muxlislar topish imkoniyatidir.
Har hafta Yandex Music’ga minglab qo‘shiqlar yuklanadi, ammo “SuperParvoz"ga ularning faqat eng muhimlari kiradi. Pleylist muntazam yangilanib boradi va doim xizmatning bosh sahifasida — ilova va desktop versiyasida mavjud.
Mamlakat musiqiy hayotining markazida bo‘lish va yangi ismlarni Yandex Music’da “SuperParvoz” pleylisti bilan birinchilardan bo‘lib kashf etish mumkin.
Yandex Music — bu har bir foydalanuvchi uchun shaxsiy musiqiy olam yaratadigan va 80 milliondan ortiq musiqiy treklar hamda qariyb 440 mingta podkast epizodlari katalogiga, shuningdek litsenziyalangan bolalar kontentiga kirish imkonini beradigan striming platforma. Xizmatning asosi — “Mening to‘lqinim” shaxsiy tavsiyalar tizimi. Platformada qariyb 1000 nafar o‘zbek ijrochisi taqdim etilgan bo‘lib, ularning treklar soni 30 mingdan ortiq, shundan 17 mingtasi mahalliy janrlarga tegishli.
Reklama huquqlari asosida.