BTS guruhi oʻzining "eng katta gastroli"ga tayyorlanmoqda

E’lon qilingan sana· 2 979
BTS guruhi oʻzining "eng katta gastroli"ga tayyorlanmoqda

Harbiy xizmatni o‘tab, yaqinda birlashgan guruh 2026-yil mart oyida yangi albomini ham chiqaradi.

Xabarlarga koʻra, BTS yangi albom ustida ishlamoqda va 2026-yilda “eng katta gastrol"ni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Bloomberg ma’lumotlariga koʻra, musiqachilar bir necha oy davomida yangi nashr ustida ishlamoqda. Albom 2026-yilning mart oyining oxirida chiqarilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, BTS 65 kunlik jahon gastrollariga tayyorgarlik ko‘rmoqda, unda guruh Shimoliy Amerikaning 30 dan ortiq shaharlarida chiqish qiladi.

“BTS guruhining yangi dunyo boʻylab gastrollarining sanalari haqidagi tafsilotlar hali tasdiqlanmagan”, — deyiladi Big Hit Music bayonotida. “Ma'lum qilingan sanalar yakuniy emas va hali ham muhokama qilinmoqda.”

Guruhning eng soʻnggi albomi Be (2020) Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egalladi. BTSning toʻliq guruhdagi soʻnggi chiqishlari 2022-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan. Shundan soʻng barcha aʼzolar majburiy harbiy xizmatni oʻtagan va shu yilning 1-iyulida yana birlashgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling