Razer va BLACKPINK pushti va qora rangdagi "Play in Pink" oʻyin qurilmalari kolleksiyasini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 39
Razer va BLACKPINK pushti va qora rangdagi "Play in Pink" oʻyin qurilmalari kolleksiyasini taqdim etdi

Razer BLACKPINK bilan rasman keng ko‘lamli hamkorlikni e’lon qildi — guruhning DEADLINE World Tour jahon turining estetikasidan ilhomlangan holda “Play in Pink” kolleksiyasini taqdim etdi. Ushbu loyiha o‘yin texnologiyalari va pop-madaniyatni uyg‘unlashtirib, nafaqat qoʻshimcha qurilmalarni, balki layfstayl mahsulotlarini ham o‘z ichiga oldi.

Kolleksiyaga past profilli va Razer Mecha-Membrane tugmalari hamda RGB yoritishga ega Ornata V3 Tenkeyless klaviaturasi, DeathAdder Essential sichqonchasi va BLACKPINK’ning maxsus dizaynidagi Gigantus V2 gilamchasi, shuningdek uzoq davom etadigan o‘yin sessiyalari va kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan Enki X oʻyin kreslosi kiritilgan.

Barcha buyumlar oʻziga xos pushti va qora ranglar gammasida ishlab chiqilgan va geymerlar hamda guruh muxlislari uchun moʻljallangan.

Sotuv faqat 21-yanvar kuni Gonkongdagi BLACKPINK DEADLINE World Tour pop-up doʻkonida boshlanadi. Kolleksiyaning global miqyosda chiqarilishi 2026-yilning ikkinchi choragiga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling