Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi Hypebeast’ning 2026-yilgi "Must-visit Museums Openings" ro‘yxatiga kiritildi

E’lon qilingan sana· 460
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi Hypebeast’ning 2026-yilgi "Must-visit Museums Openings" ro‘yxatiga kiritildi

Toshkent shahrida ochilishi kutilayotgan Zamonaviy san’at markazi xalqaro Hypebeast va Hypebeast Arabia nashrlari tomonidan tuzilgan “Must-Visit Museums Opening in 2026” roʻyxatiga kiritildi. Ushbu ro‘yxatda 2026-yilda dunyoning turli shaharlarida ochilishi rejalashtirilgan eng muhim madaniy maskanlar jamlangan. Ma’lumot uchun, ushbu nashrlarning Instagram tarmogʻidagi profilini 10 milliondan oshiq foydalanuvchi kuzatib boradi.

Nashrda ta’kidlanishicha, yangi avlod muzey va san’at markazlari an’anaviy, turgʻun ko‘rgazmalardan ko‘ra tomoshabinni mavjud jarayonga jalb etuvchi tajriba, muloqot va ishtirokga asoslangan yondashuvni taklif etmoqda. Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi ham arxitektura, texnologiya va san’atni uyg‘unlashtirgan konsepsiyasi bilan e’tiborga tushgan.

Zamonaviy san’at markazining rasmiy ochilishi 2026-yil 21-martga rejalashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, avvalroq markaz yillik dasturini e’lon qilgan edi. Dastur doirasida Toshkentda va undan tashqarida ko‘rgazmalar, fanlararo ommaviy tadbirlar, rezidensiyalar hamda tadqiqot loyihalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Markazning yillik dasturi bilan uchbu havola orqali tanishish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling