Telegram endi "krafting" xususiyati va yangi interfeysga ega

Telegram Android va iOS uchun 12.4 versiyasini chiqardi. Asosiy yangiliklar orasida kolleksiya sovg‘alarini “krafting” tizimi, yangilangan dizayn hamda botlar va guruhlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud.
Sovgʻalar yasash
Endi foydalanuvchilar bir turkumdagi 1 tadan 4 tagacha to‘plam sovg‘alarini birlashtirish orqali yangi noyob, kamyob, epik yoki afsonaviy buyum yarata oladilar.
Qancha ko‘p sovg‘a ishlatilsa, ularning “kuyib ketish” xavfi shuncha kamayadi. Birlashtirishda yangi buyumni muvaffaqiyatli yaratish ehtimoli ko‘rsatiladi. Yetishmayotgan qismlarni o‘rnatilgan savdo maydonchasidan xarid qilish mumkin.
Botlar uchun yangi imkoniyatlar
Bot yaratuvchilari endi kengaytirilgan sozlamalarga ega:
- tugma sarlavhalariga maxsus emojilarni qoʻshish imkoniyati;
- tugma rangini tanlash (koʻk, yashil yoki qizil — turiga qarab).
Yangilangan interfeys
Android versiyasida endi chatlar, profil va sozlamalarga tezkor kirish uchun pastki navigatsiya paneli mavjud. Ilovani tezroq va ravonroq qilish uchun interfeys qayta ishlangan.
iOS endi fotosuratlar, videolar va menyularni koʻrishda suyuq shisha effektiga ega. iPad’da esa endi ⌘ + Enter klaviatura yorligʻi yordamida xabarlar yuborishingiz mumkin.
Boshqa oʻzgarishlar

Guruh egalari chiqish paytida huquqlarni qo‘lda topshirishlari mumkin.
Guruhli qo‘ng‘iroqqa ulanayotganda mikrofonni yoqish yoki o‘chiriqligini darhol tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
IP-manzil oshkor bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi proksi oldindan ko‘rish oynasi qo‘shildi.
Yangilanish allaqachon App Store va Google Play do‘konlarida mavjud.