"Artemida 2" missiyasida Oy orbitasidan olingan suratlar e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 56
"Artemida 2" missiyasida Oy orbitasidan olingan suratlar e'lon qilindi

NASA “Artemida 2” missiyasi davomida olingan suratlarni e’lon qildi. Ulardan birida Quyoshning to‘liq tutilishi tasvirlangan. Unda Oy Quyoshni to‘sib qo‘yganini koʻrish mumkin.

Ikkinchi surat Oyning orqa tomonidan olingan tarixdagi birinchi surat bo‘ldi. Kadrda Yerning oy gorizonti ortiga tushayotganini ko‘rish mumkin.

“Insoniyat boshqa tomondan”, — deya izoh berdi NASA bu suratga.

“Artemida 2” loyihasida 1972-yildan beri ilk bor AQShning to‘rt nafar astronavti oʻrin olgan kosmik kema Oyga muvaffaqiyatli uchirildi.

Raketa-tashuvchi 1-aprel kuni Florida shtatidan uchirilgandi. Missiya davomida “Orion” kemasi Oy atrofida bir marta aylanadi, ammo uning yuzasiga qo‘nmaydi. Sayohat taxminan 10 kun davom etadi. Astronavtlar 11-aprel kuni Yerga qaytishi kerak.

Kuzatishlar Oy, uning kraterlari, lava oqimlari, yoriqlar va tizmalarning qanday shakllanganini bilish imkonini beradi.

Ekipaj tarkibiga NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox, shuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Xansen kiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling