"Madaniyat oʻlmasin": Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning ilk madhiyasi yaratildi

E’lon qilingan sana· 77
"Madaniyat oʻlmasin": Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning ilk madhiyasi yaratildi

15-aprel kuni nishonlanadigan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning “Madaniyat oʻlmasin…” nomli madhiyasi yaratildi.

Unga ishlanga videorolikda turli san’at vakillarini koʻrish mumkin. Xususan, qoʻshiqni Ozodbek Nazarbekovdan tashqari Ozoda Nursaidova, Gʻaybulla Tursunov, Jasmin, Shohruhxon, Munojat Yoʻlchiyevalar ham kuylagan.

Bundan tashqari, videorolikda aktrisa Dilnoza Kubayeva, komik Moʻmin Ibrohimov, aktyor Rasulxon Qodirxonovlarni ham koʻrish mumkin.

Shuningdek, videorolikda kichik syujet ham boʻlib, unda insonlar bir-biriga hurmat bilan munosabatda boʻlishi kerakligi kotiba, kuryer va yoʻl-patrul xizmati xodimi misolida koʻrsatib beriladi. Qoʻshiq soʻzlarida ham, muhabbat, samimiyat, qadriyat, hurriyat va madaniyat oʻlmasligi kerakligi, ta’kidlanadi.

Klip Ozoda Nursaidova va Ozodbek Nazarbekov kanallari hammuallifligida Rizanova YouTube kanaliga joylashtirilgan. Madaniyat vazirligi kanalida klip e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” 2022-yildan beri nishonlanib keladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling