Instagram striming platformalar bilan raqobatlashish uchun uzun videolar va jonli efirlarni qo‘shadi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i striming xizmatlari bilan raqobatlashish uchun uzun videolar va jonli efirlarni joriy etadi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.
Yangi kontent formatlari xizmatning mobil ilovasida emas, balki televideniye ilovasida paydo bo‘ladi. Bu 2025-yilda platformada seriyali kontentni tomosha qilishni osonlashtirish maqsadida paydo bo‘lgandi.
Ta’kidlanishicha, endi esa Instagram uydagi teleekranlarda butunlay o‘rnashib olishga va Netflix hamda Prime Video kabi yirik onlayn kinoteatrlarning ekran vaqtini tortib olishga harakat qiladi. Shu sababdan foydalanuvchilar uchun ko‘p qismli kontentning ko‘payishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqning ilovasi tez orada Samsung televizorlarida ham mavjud bo‘ladi. Ilgari u faqat Amazon Fire va Google TV qurilmalarida taqdim etilgan edi.
Servis tomoshabinlarning qiziqishlariga, muayyan ijodkorlar yoki mavzularga moslashtirilgan kanallarni olish imkonini beradi. Ilovada alohida gorizontal videolar bo‘limi boʻladi va unda storislarni ko‘rish imkoniyati yaratiladi.