IPPAWARDS 2026 talqiniga ko‘ra iPhone’da olingan eng yaxshi suratlar e’lon qilindi

Xalqaro iPhone Photography Awards (IPPAWARDS) tashkilotchilari 2026-yilgi gʻoliblarni e’lon qilishdi. Bu yil 140 dan ortiq mamlakatdan minglab fotosuratlar taqdim etildi va gʻoliblar professional fotosuratchilar va san’atshunoslar tomonidan tanlab olindi.
Photographer of the Year bosh mukofoti vengriyalik fotograf Gellért Gombaiga nasib etdi. Hakamlar hay’ati uning iPhone X yordamida olingan hujjatli portretini hissiy ta’sirchanligi, puxta kompozitsiyasi va bitta kadr orqali butun bir voqeani hikoya qila olgani uchun alohida e’tirof etdi.

Ikkinchi o‘rinni Arnold Plotnick iPhone 16 Pro bilan suratga olgan mushuk fotosurati bilan egalladi.

Uchinchi o‘rin esa Katerin Vangga iPhone 16 Pro Max yordamida olingan tarvuzlar surati uchun berildi.

Gran-pri sovrindori Robin Jensen bo‘ldi. U iPhone 15 Pro bilan otilayotgan vulqonni suratga olib, tanlovning eng nufuzli mukofotini qo‘lga kiritdi.

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, tanlov yana bir bor ajoyib suratlar yaratish uchun albatta professional kamera kerak emasligini, buning uchun smartfon va yaxshi g‘oyaning o‘zi kifoya qilishini namoyish etdi. Bu yilgi ishlarda ayniqsa tabiat, kundalik hayot va hujjatli fotografiya mavzulari keng yoritilgan.
Quyida turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan boshqa suratlar bilan ham tanishishingiz mumkin.